Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet385/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   381   382   383   384   385   386   387   388   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

383
XVIII bob.
 Huquq
normalarini sharhlash
tura, ichki ishlar organlari kabi huquqni qo‘llash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 
davlat idoralari uchun muhimroqdir, zero, ular kundalik faoliyatida huquqqa oid 
masalalar bilan bevosita shug‘ullanadi hamda huquq normalarini to‘g‘ri tatbiq 
etilishi uchun mas’uldirlar.
Huquqning mazmuni qonun sifatida rasmiylashtirishdan oldin tushunib 
olinishi; xuddi shuningdek alohida huquq normasining mazmuni, u tatbiq 
etilishidan oldin aniqlanishi shart
1
.
 
Huquqiy normalarni sharhlash o‘rga-
nilayotgan hodisa to‘g‘risida obyektiv va il-
miy asoslangan xulosa chiqarishga ko‘mak-
lashadigan, hayot sinovidan o‘tgan usullar orqali amalga oshiriladi. Huquqni 
sharhlash usullari orqali sharhlovchi subyekt huquq normasi haqida to‘liq 
tasavvur hosil qiladi va u haqida batafsil ma’lumotlar to‘playdi, huquqiy mu-
nosabatlar ishtirokchilariga yetkazadi. Huquqni sharhlash usullarini yaxshi bi-
lish huquq normalarining mazmunini to‘g‘ri anglash va tushuntirishga hamda 
ushbu normalarni kelajakda tatbiq etishga xizmat qiladi. 
Sharhlash usullari – sharhlovchi subyekt tomonidan huquqiy qoidalar 
mazmunini aniqlantirish maqsadida, bilishning ilmiy tafakkurga asoslangan 
maxsus yo‘llaridir. 
Yuridik adabiyotlarda sharhlashga ikki xilda: 
statik va dinamik yondashuv 
farqlanadi: 
statik yondashuvda sharhlovchi subyekt huquqning barqarorligini 
saqlashga harakat qiladi; 
dinamik yondashuvda sharhlovchi huquqning maz-
munini yoritishda uni ko‘proq hayotiy voqelikka yaqinlashtirishga intiladi.
Huquqni sharhlash usullari bir-birini to‘ldiradi va qo‘llab-quvvatlaydi. 
Agar huquq normalarini sharhlash usullari birgalikda foydalanilsa, huquq 
normalarini tatbiq etish jarayonida ijobiy natijalar beradi. Huquq normala-
rini sharhlash bir qator maxsus usullar yordamida amalga oshiriladi. Huquqni 
sharhlash usullari orqali huquqiy normalarning turlari va ularning mazmunini, 
huquq normasini ifodalash tili va huquq normasini huquq tizimida tutgan 
o‘rnini tushunib olish mumkin.
Huquq normalarining mohiyati va ijtimoiy ahamiyatini aniqlash uchun 
sharhlovchi subyektlar quyidagilarni: 
– huquq normasining o‘zini;
– uning huquqiy aloqalarini – huquq normasining boshqa yuridik qoida-
lar va prinsiplar bilan o‘zaro aloqalarini;

Проблемы общей теории права и государства. Учебник для вузов. Под общ. ред. члена-корр. РАН, 
доктора юрид. наук, проф. В.С. Нерсесянца. – М.: Издательская группа НОРМА-ИНФРА М, 1999. – 444-bet.

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   381   382   383   384   385   386   387   388   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling