Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet382/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   378   379   380   381   382   383   384   385   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

Huquq analogiyasi – amaldagi qonunchilik normalari bilan tartibga 
solinmagan munosabatlarga nisbatan huquqning umumiy asoslari, tamoyillari 
va mazmunini qo‘llashdir. Huquqning umumiy asoslari, tamoyillari va maz-
muni deganda, umumhuquqiy va tarmoq hamda huquqiy tartibga solishning 
huquqiy prinsiplari nazarda tutiladi. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik 
kodeksi 5-moddasi ikkinchi qismida fuqarolik huquqiy munosabatlarida qonun 
o‘xshashligidan foydalanish mumkin bo‘lmagan hollarda, taraflarning huquq va 
burchlari fuqarolik qonunchilik hujjatlarining umumiy negizlari va mazmuni 


380
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
(huquq o‘xshashligi)ga hamda halollik, oqillik va adolat talablariga amal qilgan 
holda belgilanadi. 
Huquqni qo‘llash jarayonida qonun analogiyasi va huquq analogiyasidan 
foydalanishning bitta muhim xususiyati mavjud: qonun o‘xshashligi va huquq 
o‘xshashligi jinoiy-huquqiy jazo va ma’muriy – huquqiy jazo qo‘llashda ishlatil-
maydi. Huquqni qo‘llovchi idora uchun hayotiy munosabatlarni tartibga solib 
turuvchi jinoiy-huquqiy yoki ma’muriy – huquqiy qoidaning yo‘qligi, huquqdagi 
bo‘shliqni emas, balki qonun chiqaruvchi idoraning ushbu holatlarni huquqiy 
tartibga solmaganligi, ularning huquqiy jihatdan kam ahamiyatli deb hisobla-
ganini bildiradi.
Qonun chiqaruvchi idora esa, huquqiy qoidaning yo‘qligini aniqlagandan 
so‘ng, ushbu munosabatlarni huquqiy tartibga solish shart emas deb topishi yoki 
bunday qoidaning mavjud emasligini huquqdagi bo‘shliq deb hisoblab, tegishli 
normani qabul qilish yo‘li bilan bo‘shliqni to‘ldirishi mumkin. Huquqni qo‘lovchi 
organ (shaxs) bunday holda faqat qabul qilingan huquqiy qoidaga asoslanishi 
lozim hamda huquq va qonun analogiyasini qo‘llashi mumkin emas. Shuningdek, 
fuqarolarning huquqlarini cheklaydigan va javobgarlik belgilaydigan norma-
larni analogiya bo‘yicha qo‘llanishga yo‘l qo‘yilmaydi.



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   378   379   380   381   382   383   384   385   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling