Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
Qonun analogiyasi
va huquq analogiyasi 6-§. 379 XVII bob. Huquqning harakatlanishi va uni amalga oshirish Qonun yaratuvchi idoraning ushbu holatlarni tartibga solishni e’tibordan chetda qoldirgani vujudga kelgan hayotiy masalalar huquqiy ahamiyatga ega emasligini bildiradi. Bunday holatlar yuzasidan huquqni qo‘llashni taqozo etuv- chi ish qo‘zg‘atish mumkin emas, qo‘zg‘atilgan ishlar bo‘yicha esa, ularning huquqiy jihatdan kam ahamiyatliligini inobatga olib tegishli qaror chiqariladi. Huquqdagi bo‘shliq deganda, amaldagi huquqning mazmuni va u tomoni- dan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar xususiyatiga ko‘ra muayyan hayotiy holatni tartibga solish uchun zarur bo‘lgan aniq normaning yo‘qligi tushuniladi. Huquqdagi bo‘shliq faqat huquq ijodkorligi vakolatiga ega bo‘lgan organ tomonidan bartaraf etilishi mumkin. Huquqni qo‘llash jarayonida huquqdagi bo‘shliqni bartaraf etish uchun maxsus huquqni qo‘llovchi vositalar (usullar) – qonun analogiyasi (o‘xshashligi) va huquq analogiyasi (o‘xshashligi) dan foydalaniladi. Qonun analogiyasi – huquqiy jihatdan tartibga solinmagan munosa- batlarga nisbatan shunga o‘xshash munosabatlarni tartibga soluvchi qonun normasini qo‘llashdir. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 5-mod- dasida fuqarolik qonun normalarini o‘xshashlik bo‘yicha qo‘llash qoidalari mus- tahkamlangan. Unga ko‘ra, ushbu Kodeks 2-moddasining birinchi, to‘rtinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan munosabatlar qonun hujjatlari yoki taraflarning kelishuvi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tartibga solinmagan hollarda fuqa- rolik qonunchilik hujjatlarining o‘xshash munosabatlarni tartibga soluvchi nor- masi qo‘llaniladi (qonun o‘xshashligi). Huquqni qo‘llash jarayonida qonun o‘xshashligidan foydalanishda tegishli munosabatlarni huquqiy kvalifikatsiya qilishda shunga o‘xshash munosabat- larni tartibga solib turuvchi normani, eng avvalo, ko‘rib chiqilayotgan muno- sabat qaysi huquq sohasiga taalluqli bo‘lsa, o‘shandan qidirish lozim. Mazkur sohada topilmagan taqdirda – qonunchilikning yaqin tarmoqlarini va butun qonunchilik tizimidan topish kerak bo‘ladi. O‘xshash munosabatlarni tartibga soluvchi qonunchilik normasi bo‘lmagan paytda, ya’ni qonun o‘xshashligidan foydalanishi mumkin bo‘lmaganda, huquq analogiyasi (o‘xshashligi) ishlatiladi. Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling