Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
XVIII bob. HUQUQ NORMALARINI SHARHLASH
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
XVIII bob. HUQUQ NORMALARINI SHARHLASH
Huquq normalarini sharhlash tushun- chasi va mohiyati 1-§. 382 Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi Huquq normasining mazmunini tushuntirib berish – vakolatli davlat organlari, mansabdor shaxslar va fuqarolarning normativ-huquqiy hujjatlarda mujassamlangan davlat irodasini huquqiy munosabatlarning boshqa ishtirokchi- lariga bayon etish va tushuntirishga qaratilgan maxsus faoliyatidir. «Sharhlash – tushuntirish» faoliyati sharhlovchi shaxs «o‘zi uchun» huquq mazmunini aniqlab olganidan so‘nggina amalga oshirilishi mumkin. Tushuntirish, birinchidan izohlashning aqliy jarayoni sifatida, ikkinchidan, hujjatni (qaror, yo‘riqnoma va h.k.) tahlil etish ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Tushuntirishning maqsadi – sharhlanayotgan normalarning mazmunini yoritish, huquq talabla- rini aniqlantirish yo‘li bilan ularning mazmunini og‘zaki yoki yozma talqin etishdan iborat. Biroq, huquqiy normani sharhlashni faqat tushuntirish faoliyati bilan cheklansa, sharhlashdagi aqliy fikrlash, mushohada yuritish, tafakkur qilish jarayoni chetda qolib ketadi. Demak, sharhlash uchun mutasaddi subyekt avval o‘zi huquqiy norma ma’nosini anglab olishi, keyin boshqalarga izohlab berishi lozim bo‘ladi. Shunday qilib, huquq normalarini sharhlash deganda, davlat organ- lari, mansabdor shaxslar, jamoat tashkilotlari va alohida fuqarolarning huquq normalari mazmunini aniqlashga, ularda ifodalangan davlat hokimiyati irodasi mazmunini tushuntirib berishga qaratilgan maxsus faoliyati tushuniladi. Ayni vaqtda, – bu mushohada, tafakkur qilish jarayonidir. Sharhlash eng umumiy va mavhum tabiatga ega bo‘lgan huquq norma- larini, jamiyatda vujudga keluvchi alohida munosabatlarga tatbiq etish ehtiyoji tufayli yuzaga keladi. Prof. S.S. Alekseevning fikricha, qonun chiqaruvchi ido- ra normativ ko‘rsatmalarni shakllantirar ekan, kelajakka, ijtimoiy hayotda vu- judga kelishi ehtimol tutiladigan o‘zgarishlarni nazarda tutadi. Shunday qilib, huquq normalarini, ayniqsa, yuksak normativ umumlashganlik darajasi bilan ajralib turuvchi normalarni amalga oshirishda, ularni alohida olingan hodisaga nisbatan qo‘llashda bu normalarni sharhlash zarurati yuzaga keladi. Huquqni sharhlash natijasida uning mazmuni, ijtimoiy vazifasi, amaliy ahamiyati aniqla- nadi, anglab yetiladi va tushuntirib beriladi. Huquqni sharhlashning maqsadi qonun chiqaruvchi organning huquq normasida mujassamlashgan irodasini, ushbu norma bilan bog‘liq deb hisobla- gan tasavvurlar va tushunchalarni ifodalashdan iborat. Uning asosiy vazifasi qonun chiqaruvchi organ qonunchilik hujjatida bayon etgan qoidaning maz- munini ochib berishdir. Huquqning mazmunini aniqlash sharhlashning maxsus usul va yo‘llarini qo‘llash orqali amalga oshiriladi. Qonun va boshqa normativ- huquqiy hujjatlar matnidagi so‘z va iboralarni savodxonlik, mantiqiy va yuri- dik jihatdan talqin etish sharhlovchi subyektdan ijodiy va ilmiy yondashuvni talab qiladi. Huquqni sharhlashning amaliy ahamiyati ko‘proq sud, prokura- |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling