Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet386/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   382   383   384   385   386   387   388   389   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

Huquq normalarini 
sharhlash usullari
2-§.


384
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
– uning ijtimoiy voqelik bilan bo‘lgan boshqa aloqalarini tadqiq etadi.
Huquqshunoslik fanida huquqni sharhlashning quyidagi usullari farqla-
nadi: 
grammatik (filologik) sharhlash; tizimli (sistemali) sharhlash; tarixiy-
siyosiy sharhlash; mantiqiy sharhlash; teleologik sharhlash; maxsus yuridik 
sharhlash.
Grammatik sharhlash («til bo‘yicha», «filologik» kabi iboralar bilan 
ham ifodalanadi) hujjat matnini morfologik va sintaktik tuzilishini aniqlashga 
qaratilgan maxsus usuldir. Ushbu usul yordamida ayrim so‘zlar va atamalar
butun gaplar, gaplar guruhining grammatik ma’nosi aniqlashtiriladi. Bunda 
normativ-huquqiy hujjatda qo‘llanilgan ot, sifat, son kabi gap bo‘laklari, keli-
shik qo‘shimchalari, fe’llarning shaxsi va turlari; ishlatilgan bog‘lovchilar, 
tinish belgilari va shu kabilarning ahamiyati o‘rganiladi.
Huquqiy norma mazmunini, matnini savodxonlik nuqtayi nazaridan 
sharhlashga, undagi hatto tanish belgilarining ahamiyatiga bir misol kelti-
ramiz. Parlament majlisida murakkab iqlimli mintaqalarda mehnat qilayot-
gan shaxslar uchun imtiyozlar o‘rnatishga oid qonun loyihasi muhokama 
qilinayotganda deputatlardan biri quyidagi jumlaga e’tiroz bildirdi:
 «Suv-
siz cho‘l zonalarida mehnat qilayotganlarga imtiyoz berilsin». Deputat 
bu jumladagi «suvsiz» so‘zidan keyin vergul qo‘yishni taklif etdi. Shunda 
jumla quyidagicha bo‘ladi: 
«Suvsiz, cho‘l zonalarida mehnat qilayotgan-
larga imtiyoz berilsin». Bunda vaziyat tubdan o‘zgaradi. Birinchi variantda 
faqat «suvsiz cho‘l zonalar» nazarda tutilgan bo‘lsa, ikkinchi variantda «ham 
suvsiz», «ham cho‘l» zonalarda mehnat qilayotgan shaxslar imtiyozlardan 
bahramand bo‘ladilar. Demak, bitta vergul qonun normasining ma’nosini ta-
momila o‘zgartirdi, u imtiyozdan foydalanadigan subyektlar doirasini ancha 
kengayishiga sababchi bo‘lmoqda.
Grammatik sharhlashda normativ hujjatdagi har bir so‘z o‘rganiladi, 
so‘zning asosiy ahamiyati, ma’nosi, grammatik shakli aniqlanadi. Qonun-
chilikda ishlatiladigan maxsus atamalarni tadqiq qilish huquq normalarini 
sharhlashda alohida ahamiyatga ega bo‘ladi. Ayrim so‘zlar va atamalarning 
ma’nosi aniqlanganidan so‘ng norma orqali ifoda etilgan gaplar ma’nosi, 
ularning umumiy grammatik, etimologik va lug‘aviy tuzilishi o‘rganiladi. 
Grammatik sharhlash natijasida huquqiy normaning matnida ifodalangan 
mazmuni aniqlanadi.
Grammatik sharhlashda quyidagilarga e’tibor beriladi:
– «sharhlashning oltin qoidasi» – qonunning biror-bir moddasini 
sharhlash jarayonida hamma uchun tushunarli bo‘lgan, adabiy tildan foydalanish 
lozim;



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   382   383   384   385   386   387   388   389   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling