Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet394/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   390   391   392   393   394   395   396   397   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

392
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
likasining fuqarolari» iborasi bilan faqat voyaga yetgan, muomala layoqatiga 
ega shaxslarni nazarda tutadi. O‘z-o‘zidan ma’lumki voyaga yetmagan, ruhiy 
kasal shaxslar bunday huquqdan foydalana olmaydilar.
Kengaytirilgan sharhlash qonun normasi matnining mazmuni uning 
mantiqiy ma’nosidan tor bo‘lganda qo‘llaniladi. Masalan, O‘zbekiston Respub-
likasi Konstitutsiyasining 112-moddasida «Sudyalar mustaqildirlar, faqat qo-
nunga bo‘ysunadilar», deyilgan. Bunda qo‘llanilgan «sudya» iborasining haqiqiy 
ma’nosi keng tushuniladi. Qonun chiqaruvchi idora «sudya» iborasi orqali faqat 
sudyalarni emas, shu bilan birga xalq maslahatchilarini ham mustaqilligini va 
faqat qonunga bo‘ysunishini nazarda tutgan. 
Shunday qilib, huquqiy normalarni sharhlash, huquq yaratuvchi organ-
ning normativ-huquqiy hujjatlarda mujassamlangan irodasining haqiqiy ifodasi 
bilan huquqiy normaning so‘zda ifodalangan ma’nosini aniqlash va tushuntirish 
orqali, huquqning to‘liq tatbiq etilishiga ko‘maklashadi. Aholining huquqiy nor-
malar mazmunini teran anglashga, ularga qat’iy amal qilishga, huquqiy tarbiya 
va huquqiy madaniyatning yuqori saviyada bo‘lishiga olib keladi.


393
XIX bob.
 Hozirgi dunyo
huquqiy tizimlari
Dunyoviy huquqiy tizimlarni ilmiy 
mushohada qilish va talqin etish masalasi 
bugungi kunda olimlar e’tiborini o‘ziga jalb 
qilayotgan dolzarb mavzu hisoblanadi. Hozir-
gi dunyo huquqiy xaritasi jamiyat taraqqiyotining mazkur bosqichida mavjud 
va faoliyat ko‘rsatayotgan ko‘plab milliy huquqiy tizimlarning yig‘indisidan ibo-
rat. Uning muhim jihati shundaki, ushbu huquqiy tuzilmalar turlicha rivojla-
nish darajasida bo‘lsa-da, ular o‘rtasida o‘zaro aloqadorlik, o‘zaro ta’sir muno-
sabatlari mavjuddir. Ushbu o‘zaro aloqadorlik va ta’sir etish darajasi turlicha 
bo‘lishiga asosiy sabab eng kamida ikkita: 
birinchisi – alohida milliy huquqiy 
tizimlar bir qator o‘zaro umumiy xususiyat, belgi va o‘xshashliklarga ega; 
ik-
kinchisi – har biri aniq milliy huquqiy tizim bo‘lib, aksincha, qolgan boshqa 
huquqiy tizimlarga nisbatan ustuvorlik qiluvchi xususiyatlarga, o‘ziga xos bel-
gilarga ega holatda namoyon bo‘ladi.
Qiyosiy huquqshunoslik bo‘yicha mutaxassis M. Bogdan shunday deydi: 
«hozirgi dunyoda mavjud yuzlab huquqiy tizimlar ustuvor o‘xshash belgilarga 
ega. Bu o‘xshashliklar, odatda, 
aynan bir yoki «o‘zaro juda yaqin jamiyat 
tiplari bilan», 
umumiy yoxud «jamiyat taraqqiyotining juda yaqin (o‘xshash) 
tarixiy shart-sharoitlari bilan», 
umumiy yo «juda o‘xshash dinlar bilan», shuning-
dek boshqa shunga o‘xshash holatlar bilan belgilanadi»
1
. O‘xshash belgilar mil-
liy huquqiy tizimlarni integratsiyalashga asos bo‘ladi. Farqli xususiyatlar esa 
ularni alohida, mustaqil tizim sifatida talqin etish imkonini beradi.
Jahon huquqiy tizimlarini tavsiflashda «tizim» tushunchasi markaziy 
kategoriya hisoblanadi. «Tizim», («sistema») tushunchasi avval ta’kidlanganidek, 
«qismlardan tashkil topgan majmua» degan ma’noni anglatadi
2
.
Falsafiy qomusiy lug‘atda: «tizim, sistema (qismlardan iborat butun) – 
o‘zaro munosabat va aloqada bo‘lgan, muayyan yaxlitlikni hosil qiluvchi ko‘p 
qismlar (elementlar) majmui», – deb ta’rif berilgan
3
. Yana shu manbada qu-
1
Qаrаng: Bogdan M. Comparative Law. Kluwer, 1994. – 82-bet; Проблемы теории государства и 
права. Учебное пособие. – М., 1999. – 375-bet.

Fаlsаfа: qоmusiy lug‘аt // Tuzuvchi vа mаs’ul muhаrrir Q. Nаzаrоv. – T., 2004. – 398-bet.

O‘shа jоydа.

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   390   391   392   393   394   395   396   397   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling