Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet402/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   398   399   400   401   402   403   404   405   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

Hozirgi zamon 
huquq oilalarining 
umumiy tavsifi
3-§.


401
XIX bob.
 Hozirgi dunyo
huquqiy tizimlari
tutsiyalar mavjud bo‘lib, ulardagi normalar oliy yuridik kuchga ega deb hisob-
lanadi. Mazkur huquq yuridik doktrinasi va qonunchilik amaliyoti odatdagi 
qonunning uch turini farqlaydi: kodekslar, maxsus qonunlar va normalarning 
to‘plangan matnlari. 
Kontinental huquq tizimiga oid aksariyat mamlakatlarda fuqarolik, jinoyat, 
mehnat, fuqarolik protsessual, jinoyat-protsessual va boshqa kodekslar qabul 
qilingan va amal qiladi. Joriy qonunchilik tizimi ham serqirra va ko‘p tarmoqli-
dir. Ushbu qonunlar ijtimoiy munosabatlarning alohida turlarini tartibga soladi 
(masalan, bank faoliyatiga, tadbirkorlikka oid qonunlar). Roman-german huquq 
oilasi manbalari orasida qonun ijrosi yo‘lida qabul qilinadigan hujjatlarning: 
ma’muriy sirkulyarlar, reglamentlar, farmoyishlar, dekretlar alohida o‘rin tutadi 
va ularning hissasi ortib bormoqda. Odatlar ham roman-german huquq oilasida 
huquq manbalaridan biri bo‘lib hisoblanadi. U ba’zida qonunga qo‘shimcha, 
qonundan tashqari hollarda ham qo‘llaniladi, masalan, Italiya dengiz huquqida 
dengiz odatlari katta o‘rin egallaydi. Umuman, bugungi kunda odatlar bu 
huquq oilasida mustaqil manba mavqeini yo‘qotmoqda. 
Sud amaliyotining roman-german huquq oilasi manbalari tizimidagi aha-
miyatiga kelsak, bu yerda doktrinaning yondashuvi anchagina qarama-qarshi 
mazmunga ega. So‘nggi yillar tendensiyasiga muvofiq, sud amaliyoti ushbu 
huquqiy tizimning yordamchi manbayi sifatida e’tirof etilmoqda. Avvalo, bu 
«kassatsiya presedenti» bilan bog‘liq. Zero, kassatsiya sudi – yuqori instan-
siya sudidir. Bunda sudning «oddiy» qarori (masalan, o‘xshash ishlar bo‘yicha 
umumiy analogiya yoki umumiy prinsiplarga asoslangan ishlar) kassatsiya 
bosqichidan o‘tib, o‘xshash ishlarni hal etishda boshqa sudlar faoliyatida faktik 
president sifatida qabul qilinishi mumkin.
Roman-german huquq oilasida uning asosiy tamoyillarini, nazariy ma-
salalarini ishlab chiqqan 
doktrina alohida o‘rin egallaydi. Doktrina qonun 
loyihalarini tayyorlash faoliyatida ancha muhim rol o‘ynaydi. Shuningdek, 
undan huquqni qo‘llash faoliyatida (qonunlarni sharxlashda ham) keng foy-
dalaniladi
1
.
Yevropadagi qator davlatlar huquqining roman-german huquq oilasiga 
mansubligi milliy huquqiy tizimlar o‘rtasidagi ma’lum farqlarni istisno qil-
maydi. Shuni eslatib o‘tish lozimki, 
bir tomondan, fransuz huquqi, ikkinchi to-
mondan, german huquqi shu modelga xizmat qilishdiki, buning asosida roman-
german huquq oilasi ichida ikkita huquq guruhi ajratiladi: 
1) roman huquqi 
guruhi, bunga Belgiya, Lyuksemburg, Niderlandiya, Italiya, Portugaliya, Is-
paniya kiradi; 
2) german huquq guruhi, unga Avstriya, Shveysariya va boshqa 

Qаrаng: Теория государства и права / Под ред. проф. В.К. Бабаева. – М., 2006. – 594-bet.
26–18-8



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   398   399   400   401   402   403   404   405   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling