Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
399
XIX bob. Hozirgi dunyo huquqiy tizimlari tizimga (huquqiy oilaga) kiruvchi davlatlarning qonun chiqaruvchi organlari huquqiy hujjatlarning matnini yaratishda bir xil yuridik konstruksiyalardan, normativ materialni shakllantirish usulidan, ularni tartibga solish va tizim- lashtirishning o‘xshash uslublaridan foydalanadilar. Hozirgi zamonda faoliyat yuritayotgan asosiy huquqiy tizimlarni tas- niflashda huquqshunos tafakkur yuritib, uncha ko‘p bo‘lmagan huquqiy tizim- lar tahlili bilan cheklanishi lozim. Chunki, kimki tasniflash chog‘ida sayyoramizdagi barcha huquqiy tizimlarni qamrab olishga intilsa, u juda katta empirik material ummoniga g‘arq bo‘lib ketadi. Bugungacha mavjud biron – bir xalqaro ensiklopediyada dunyodagi barcha huquqiy tizimlar ro‘yxati to‘la aks ettirilmagan. Huquqiy tizimlar tahlili bilan shug‘ullanadigan huquqshunos, eng avvalo, tarixan tarkib topgan asosiy (shajarani boshlab beruvchi) huquqiy tizimni aniqlab olishi, so‘ngra uning geografik yoyilishini, ya’ni resepsiya qilinganligini kuzatishi (o‘rganishi) lozim. Agar dunyo huquqiy xaritasiga e’tibor bilan razm solinsa, davlatlarning uchdan ikki qismi ikki asosiy huquq tizimiga (huquqiy oilaga): roman-german va ingliz huquqiy tizimlariga daxldor hisoblanadi. Tasniflash mezoni sifatida quyidagi asoslar olinadi: birinchidan, huquqiy tizimning geografik jihatdan qanchalik keng yoki tor yoyilganligi, ikkinchidan, huquqiy tizimning tarixiy ildizlari va rivojlanish yo‘llari; uchinchidan, tizim tarkibidagi yuridik institutlar va huquqiy tarmoqlar hisobga olinadi. Ushbu mezonlardan foydalanishda madaniy, etnik, milliy, geografik, diniy, huquqiy- texnikaviy, huquqiy-uslubiy va hokazo omillar ham sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Huquqiy tizimlarni tasniflashning mazmuni buning uchun tanlab olinadi- gan mezonga bog‘liq bo‘ladi. Bunday mezonlar yana formal – yuridik, ma’rifiy (sivilizatsiyali), ma’naviy, madaniy-tarixiy, ijtimoiy-siyosiy (formatsiyaviy) bo‘lishi mumkin. Bu mezonlarning turli kombinatsiyalarda qo‘llanilishi zamo- naviy qiyosiy huquqshunoslikda tasniflashning o‘ziga xos jihatidir. Chunki, bitta mezon dunyoning yuridik xaritasi haqida mufassal bilim hosil qilishi mushkul. Masalan, hozirgi Xitoyning huquqiy tizimi formal – yuridik mezonga ko‘ra, roman-german huquqiy oilasiga taalluqli bo‘lsa, ma’rifiy va ma’naviy mezonga muvofiq – an’anaviy (odat huquqi tizimiga) tizimga, ijtimoiy-siyosiy mezonga binoan – sotsialistik huquqiy oilaga mansubdir. Ba’zi mamlakatlarning huquqiy tizimi o‘z tarixiy rivojlanish xususiyatlariga ko‘ra hech bir huquqiy oilaga mos kelmaydi. Masalan, Shotlandiyaning huquqiy tizimi umumiy (anglo-sakson) huquq bilan kontinental (roman-german) huquq tizimlarining uyg‘unlashgan ko‘rinishi sifatida maydonga chiqadi. Shuningdek, anglo-sakson va roman-ger- man tizimlarining uyg‘unlashgan ko‘rinishi AQSh ning Luiziana shtati, Kana- daning Kvebek provinsiyasida kuzatiladi. Hozirgi Isroilning huquqiy tizimi uch |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling