Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
400
Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi huquqiy oilaning, ya’ni musulmon, roman-german va anglo-sakson huquq oilalarining ta’sirida shakllangan 1 . Tahlil jarayonida ta’kidlangan mezonlar va omillarga tayanib huquqiy tizimlar tasniflanadigan bo‘lsa, ularni ikki asosiy yo‘nalishga ajratish mumkin. Tabiiyki, mazkur yo‘nalishlardan har biri muayyan o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan bir qancha turlarga bo‘linadi. Birinchi yo‘nalish fransuz olimi R. Davidning asarlarida o‘z aksini top- gan. Uning uch tomlik asarida uchta (roman-german, anglo-sakson, sotsialis- tik) «huquq oilalari» ajratib ko‘rsatiladi va ularga dunyo xaritasining beshdan to‘rt qismini o‘z ichiga oladigan hamda «diniy va an’anaviy tizimlar» deb nom- langan butun yuridik dunyo tutashadi 2 . R. Davidning tasnifi mashhur bo‘lib, Fransiya universitetlarida «Hozirgi zamon asosiy huquqiy tizimlari» fanining o‘qitilishi xuddi shu tasniflash asosida amalga oshiriladi. Ikkinchi yo‘nalishning ko‘zga ko‘ringan vakili buyuk nemis yuristi K. Svaygert hisoblanadi. U tasniflashga besh omilni, ya’ni: 1) huquqiy tizimning paydo bo‘lishi va taraqqiyoti; 2) yuridik fikrlashning o‘ziga xosligi; 3) o‘ziga xos huquqiy institutlar; 4) huquq manbalari va ularni sharhlash usullari; 5) mafkuraviy omillarni nazarda tutuvchi «huquqiy uslub» («huquq uslubi»)ni mezon qilib oladi. Shu asosda K. Svaygert sakkizta «huquqiy doira»ni, huquq oilasini, ya’ni roman-german, anglo-sakson, skandinaviya, sotsialistik, musulmon huquqi, odat huquqi, hind huquqi, Uzoq Sharq mamlakatlari huquqi, Afrika va Lotin Amerikasi huquqiy oilalarini ajratadi. Roman-german huquq oilasi. Ro- man-german huquq oilasiga Yevropa qit’asida rim huquqi va mahalliy an’analar asosida yuzaga kelgan huquq tizimlari kiritiladi. U rim huquqini italyan, fransuz va nemis universitetlarida o‘qitish yo‘li bilan XII–XVI asrlarda Yustinian qonunlari to‘plami asosida shakllangan, ko‘pgina Yevropa davlatlari uchun umumiy bo‘lgan yuridik fan sifatida yuzaga kelgan 3 . Roman-german huquq oilasi uchun yozma huquqning mavjudligi, huquq asoslarining yagona iyerarxik tizimi, uning ommaviy va xususiy huquq so- halariga bo‘linishi, shuningdek, huquq tizimining sohalarga bo‘linishiga xosdir. Roman-german huquq oilasidagi barcha mamlakatlar huquqi uchun kodeks- lashtirilgan qonunchilik xosdir. Bu mamlakatlarning barchasida yozma konsti- 1 Qаrаng: Российская юридическая энциклопедия. – М., 1999. – 756-bet. 2 Qаrаng: Давид Р. Основные правовые системы современности. – М., 1988. – 39–48-betlar. 3 Qаrаng: Теория государства и права / Под ред. проф. В.К. Бабаева. – М., 2006. – 593-bet. Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling