Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet403/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   399   400   401   402   403   404   405   406   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

402
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
davlatlar tegishli. Roman-german huquqi oilasida fransuz huquqida eng kuchli 
deb tanilgan «rim (roman) huquqi» «german huquqi» guruhidan farq qiladi, 
«german huquqi»ga german huquqi fani ancha ta’sir ko‘rsatgan
1
.
Anglo-sakson huquq oilasi. Roman-german huquqiy tizimi davlatlaridan 
farq qilib, anglo-sakson huquq oilasiga kiruvchi davlatlarda sudyalar tomoni-
dan shakllantirilgan va sud presedentlarida ifodalangan normalar huquqning 
asosiy manbayi bo‘lib xizmat qiladi. Ingliz-amerika umumiy huquqi (common 
law), rim huquqi kabi «himoya bor joyda huquq bor» prinsipiga asosan rivojlan-
gan «adolat huquqi» nizomlari bilan to‘ldirilgan va takomillashtirilgan ingliz 
umumiy huquqini kodifikatsiya qilishning barcha urinishlariga qaramasdan 
(I. Bentam), u sudlar tomonidan tuzilgan presedent huquqidir. Bu statut (qo-
nunchilik) huquqi rolining o‘sishini istisno qilmaydi. Shunday qilib, ingliz 
huquqi uch tarkibiy qismdan iborat tuzilishga ega bo‘ldi: umumiy huquq – 
asosiy manba; ushbu asosiy manbani tuzatuvchi va to‘ldiruvchi adolat huquqi
statut huquqi – parlament tomonidan chiqarilgan yozma huquq.
Ingliz – amerika huquq oilasida ingliz huquqi guruhini va shakllanish 
nuqtayi nazaridan u bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan Amerika Qo‘shma Shtatlari 
huquqini farqlash lozim. Ingliz huquqi guruhiga mansub mamlakatlarga 
Angliyadan tashqari Shimoliy Irlandiya, Avstraliya, Kanada, Yangi Zelandiya 
hamda Britaniya ittifoqining sobiq koloniyalari (hozirgi paytda 36 ta davlat 
Hamdo‘stlik a’zosi hisoblanadi) kiradi. Ma’lumki, Angliya ko‘p yillar mobaynida 
yirik mustamlakachi davlat bo‘lgan, mana shu qaram davlatlarning hududida 
ingliz umumiy huquqi tarqalgan. Shu bois bugungi kunda dunyo aholisining 
uchdan bir qismi ingliz huquqi normalari asosida yashamoqda. 
Ingliz-amerika huquq oilasida Angliya huquqi guruhini va kelib chiqishi 
jihatidan u bilan bog‘liq AQSh huquqini farqlash kerak. AQSh huquqi ingliz 
umumiy huquqiga asoslangan bo‘lsa-da, hozirgi paytda to‘la mustaqildir. Fran-
suz huquqi sezilarli rol o‘ynaydigan Luiziana shtati hududida ispan huquqi 
keng tarqalgan.
AQShda huquq tizimi Angliyaga nisbatan biroz farqliroq. AQSh tarki-
bidagi shtatlar keng vakolatlarga ega bo‘lib, bu vakolat doirasida ular o‘z 
qonunlarini va presedent huquqi tizimini yaratadi. Har bir shtat sudlari o‘z 
yurisdiksiyasini mustaqil ravishda amalga oshiradi. Shuning uchun shtat sudi 
qaroriga shtatdagilar rioya qilishga majbur emas. AQSh statut huquqida ingliz 
huquqida bo‘lmagan kodekslar ham uchraydi. Bir qancha shtatlarda Fuqarolik 
kodeksi amal qiladi, shtatlarning 25 tasida Fuqarolik protsessual kodeksi, ham-
ma shtatlarda esa, Jinoyat kodeksi va Jinoyat-protsessual kodekslari mavjud.

Dаvlаt vа huquq nаzаriyasi. Dаrslik. Mаs’ul muhаrrirlаr: prоf. Х.B. Bоboyev vа prоf. Х.T. Оdilqоriyev. 
– T., 2000. – 395–396-betlar.



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   399   400   401   402   403   404   405   406   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling