Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
404
Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda shu narsaga amin bo‘lish mum- kinki, sud qarorlariga har doim ham huquq shakli sifatida qarash kerak emas. Haqiqatdan ham, qabul qilingan qarorga ko‘ra sud o‘zining xizmat vazifasini buzmagan holda xuddi shunday ikkinchi ish bo‘yicha boshqacha qaror qabul qilishi yoki o‘sha birinchi qabul qilingan qarorga qarama-qarshi qaror qabul qili- shi ham mumkin. Demak, presedentdan voz kechiladigan bo‘lsa, unda huquq normasiga xos bo‘lgan majburiylik yo‘q, deb hisoblash lozim va yana bir holatga e’tibor qaratish mumkin, agar presedentning mohiyati oldin bo‘lib o‘tgan holatga asoslanadigan bo‘lsa, unda sud presedenti odat huquqiga o‘xshab ketadi, masa- lan, inqilobgacha knyaz Trubesskoy shunday yozgan edi: «Odat o‘z mohiyati- ga ko‘ra presedentga o‘xshab ketadi», ya’ni, odat bu ko‘p marta qaytariladigan presedentdir, yoki boshqacha aytganda, presedent ko‘p marta takrorlanadigan odatdir. Masalan, Odat huquqiga ko‘ra odam o‘ldirgan shaxs xun to‘lagan, bundan keyin xuddi shunday holatni takrorlagan shaxsga nisbatan ham shu jazo qo‘llanilgan. Yuqorida ta’kidlanganidek, sud amaliyoti, ya’ni sud presedenti huquq shakli bo‘lib hisoblanadigan mamlakat – Angliyadir, shuning uchun ham huquq presedenti ko‘p hollarda ingliz odat huquqi deb ham ataladi. Hozirda huquqiy presedentga Angliya va uning sobiq mustamlakalari, Shimoliy Irlandiya, Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiyadan iborat Britaniya hamdo‘stligi a’zolari amal qiladi. Shu bilan birga presedentga alohida guruh – AQSh davlati ham mansubdir, faqatgina Luiziana va Kaliforniya shtatlari bun- dan mustasno. XX asrda ingliz huquqi manbalari qatorida berilgan vakolat aso- sidagi qonunchilikning (delegirovannoye zakonodatelstvo) ahamiyati va hissasi keskin ortdi. Bunda parlament bir qator ustuvor sohalarda (masalan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy ta’minot va sug‘urta sohasida) hukumatga qonunchilik hujjati qabul qilish vakolatini beradi. Ba’zan shunday vakolat vazirliklarga ham beriladi. Statut huquqi bilan berilgan vakolat asosidagi qonunchilikning rivoj topishi mamlakatning ichki ehtiyojlari sababli emas, balki xalqaro iqtisodiy va boshqa toifadagi hamkorlik sababli yuz beradi. Bu borada Buyuk Britaniya- ning Hamdo‘stlik mamlakatlari bilan, shuningdek Yevropa iqtisodiy hamjami- yati bilan aloqalarining rivojlanishi alohida ahamiyat kasb etadi 1 . Ingliz huquqi bilan AQSh huquqi bir huquqiy oilaga kirsa-da, ular o‘rtasida muayyan farqlar bor. Ingliz huquqida statutlarning roli yuqori bo‘lsa, AQShda qonunchilik hujjatlariga katta e’tibor qaratiladi; amerika huquqida kodifikatsi- yaga moyillik ustuvor; AQSh huquqiy tizimida ingliz huquqiga nisbatan sud 1 Mа’lumоt uchun: 2016-yil 23-iyundа Buyuk Britаniya sоbiq Bоsh Vаziri D. Kеmеrоnning tаshаbbusi bilаn Аngliyaning Yevrоpа Ittifоqidаn chiqishi to‘g‘risidа umummilliy rеfеrеndum o‘tkаzildi. Undа mаmlаkаt аhоlisining 72, 15 fоizi (46 mln. 501 ming 241 kishi) ishtirоk etdi. Buyuk Britаniyaning Yevrоpа Ittifоqidаn аjrаlib chiqishi(Breksit)ni yoqlаb rеfеrеndumdа ishtirоk etgаnlаrning 51, 89 fоizi оvоz bеrdi. Buni Yevrоpа Ittifоqi pаrchаlаnishining dаstlаbki qаdаmi dеyish mumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling