Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
406
Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi yojlariga moslashtirganlar. Tarixiy sabablarga ko‘ra bugunga kelib musulmon huquqining to‘rtta sunniylar (xanafiylar, molikiylar, shofiiylar, hanbaliylar) maktabi, shuningdek, uchta shialar (ja’fariylar, ismoiliylar, zaydiylar) maktabi bor. Har bir maktab o‘zining yuridik uslubi va qarashlari tizimiga ega, shuning uchun ularning har biri musulmon huquqining alohida tizimi bo‘lib hisoblanish uchun da’vogarlik qiladi. Musulmon huquqi mustahkam tizimga ega bo‘lgan, rad qilish mumkin bo‘lmagan dalillarga asoslanadi. Musulmon huquqshunoslari muayyan dara- jada tasodifiy yoki noaniq bo‘lgan hamma narsalarni qoralaydilar. Musulmon huquqshunoslari tomonidan shakllantirilgan huquqiy normalar o‘z tuzilishlari- ga ko‘ra doimo tashqi dalillarga asoslanadi 1 . Islom aqidalariga muvofiq, musulmon huquqi Alloh kalomi asosida shakllangan qoidalar mujmuidir. Islom diniy doktrinasida Muhammad (s.a.v.) payg‘ambarning shaxsi muhim o‘rin tutadi. Uning hayoti va faoliyati musul- mon huquqining ma’no-mazmunini tushuntirishda belgilovchi ahamiyat kasb etadi. Islomshunos olimlarning fikricha, musulmon huquqi tarkibida ikkita o‘zaro bog‘liq me’yorlar guruhi Qur’on va Sunnaning yuridik yo‘l-yo‘riqlari mavjud. Musulmon huquqining asosiy manbayi sifatida Allohning o‘z payg‘ambarlari va elchilaridan oxirgisi Muhammad alayhissalomga yo‘llagan vahiylardan nozil bo‘lgan Qur’on e’tirof etiladi. Qur’on huquq kodeksi emas. Qur’ondagi yuridik xarakterdagi qoidalar, bir tomondan, kodeks tuzishga kamlik qiladi, ikkinchi tomondan, bu me’yorlar orasida mavhum diniy va axloqiy yo‘l-yo‘riqlar shak- lidagi umumiy qoidalar ko‘pchilikni tashkil etadi. Uning ta’sir ko‘rsatish cho- ralari ham talaygina bo‘lib, ular tilga olinsa-da, ayrim hollardagina jazolaydigan darajaga keltiriladi. Musulmon huquqining ikkinchi manbayi Muhammad alayhissalom mulo- hazalaridagi ilohiylashtirilgan hodisalar ta’sirida kelib chiqqan og‘zaki rivoyat- lar majmui – sunnadir. Musulmonlar Qur’on va sunna yuridik me’yorlarining kelib chiqishi ilo- hiy bo‘lib, aslo o‘zgarmasdir, deb hisoblaydilar. Lekin, hayotda ijtimoiy munosabatlarning barchasi ham Qur’on va sunnaga bog‘liq emas. Qur’ondagi 6200 dan ortiq oyatning aksariyati diniy-axloqiy masalalarga taalluqli bo‘lib, ayrim ma’lumotlarga ko‘ra esa 250 tasi huquqiy xususiyatga egadir. Bu no- mutanosiblikni to‘ldirish ham musulmon huquqiy ta’limotining davomchilari bo‘lgan musulmon ilohiyotchi-fiqhlariga ishonib topshirilgan edi. Ular Qur’on 1 Qаrаng: Tаdjiхаnоv U., Sаidоv А. Huquqiy mаdаniyat nаzаriyasi. Dаrslik. / Mаs’ul muhаrrir аkаdеmik Sh.Z. O‘rаzayev. 1-tоm. – T., 1998. – 98–99-betlar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling