Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet415/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   411   412   413   414   415   416   417   418   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

414
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
lashtirish – strategik yo‘nalishdir. Amalga oshirilayotgan islohotlarning muvaf-
faqiyati ko‘p jihatdan huquqiy tartibga solishning holatiga bog‘liqdir. Islohot-
lar va modernizatsiyalash jarayonlari rivojlanib va chuqurlashib borgani sari
ularning huquqiy negizi takomillashtirilib boriladi, qabul qilingan qonunchilik 
hujjatlariga tegishli o‘zgartishlar kiritiladi. Bu hol qonunlarning ta’sirchanligi 
va samarasini oshirish imkonini beradi.
Davlat qonun, farmon va hukumat qarorlarini qabul qilish yo‘li bilan 
iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy islohotlarning borishini huquqiy jihatdan jadal 
va qat’iy tartibga solish, iqtisodiyotning hamda siyosiy tizimning muhim 
bo‘g‘inlari barcha jabhalarini takomillashtirishni amalga oshiradi.
Mustaqillik yillarida mamlakatda bozor iqtisodiyoti va bozor munosabat-
lari infratuzilmasini shakllantirishning huquqiy poydevori yaratildi. Xususan, 
«O‘zbekiston Respublikasida korxonalar to‘g‘risida», «Tadbirkorlik to‘g‘risida», 
«Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida», «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida», «Chet el 
investitsiyalari to‘g‘risida», «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida», «Bankrotlik 
to‘g‘risida», «Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish 
to‘g‘risida», «Lizing to‘g‘risida», «Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida»gi qo-
nunlar, Fuqarolik kodeksi, Yer kodeksi, Mehnat kodeksi, Soliq kodeksi, 
Bojxona, Budjet kodeksi va boshqa normativ huquqiy hujjatlar qabul qilindi.
Yuridik adabiyotda huquqning regulyatorlik funksiyasi turlicha talqin 
etiladi. Ba’zan yuridik shaklga ortiqcha o‘rin berilib, huquqiy tartibga solish
mexanizmi tarkibiga huquq ijodkorlik jarayoni ham qo‘shib yuboriladi. Bu 
mantiqqa muvofiq emas. Chunki gap ikkita mustaqil huquqiy hodisa (insti-
tut) haqida bormoqda. Demak, xuddi «huquq normasi» ni «huquqiy tartibot» 
tushunchasiga qo‘shib bo‘lmaganidek, huquq yaratish jarayonini huquqiy 
tartibga solish mexanizmiga qo‘shish mumkin emas. Xulosa shuki, huquqning 
imkoniyatlarini, yuridik shaklning ahamiyatini haddan oshirib, obyektiv ijtimoiy 
munosabatlarning ustuvor belgilovchi rolini, ta’sischi xarakterini nazardan 
qochirish to‘g‘ri bo‘lmaydi.
Huquqiy tartibga solish ko‘lamini ta’riflashda olimlar ikki guruhga ajraladi-
lar. Ba’zi olimlar huquqiy tartibga solishda yuridik normalar faqat huquqiy 
munosabatlar (shakli, modeli) orqali ta’sir etadi, deb hisoblaydilar. Bu fikr 
tarafdorlari subyektiv huquq va yuridik majburiyatlarning mavjudligini mut-
laq va nisbiy huquqiy munosabatlar mavjudligi bilan bog‘laydilar. Professorlar
S.S. Alekseev va N.I. Matuzovlar huquqiy tartibga solish huquqiy munosabatlar 
orqali amalga oshadi, degan fikrni quvvatlab, ayni paytda, absolyut va nisbiy 
huquqiy munosabatlarga «umumiy huquqiy munosabatlar» ni ham qo‘shadilar. 
Biroq, huquqiy tartibga solish faqat huquqiy munosabatlar bilan chegaralab 
qo‘yilsa, uning tartibga solish doirasi toraytirib yuborilishi mumkin.



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   411   412   413   414   415   416   417   418   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling