Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
XX bob. HUQUQIY TARTIBGA SOLISH MЕXANIZMI
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- «huquqiy ta’sir etish»
XX bob. HUQUQIY TARTIBGA SOLISH MЕXANIZMI
Huquqiy tartibga solish tushunchasi 1-§. 412 Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi susan, davlat o‘z funksiyalarini bajarish va maqsadlariga erishish uchun huquq normalarini yaratadi. Davlat huquq normalari yordamida ijtimoiy munosabat- larni huquqiy tartibga soladi. Huquqiy tartibga solish ehtiyoji obyektiv ijtimoiy zaruriyatdir. Zero, muntazam maromlilik va batartiblik har qanday ishlab chiqarish usulining ta- labi bo‘lib, u shu tufayli ijtimoiy barqarorlik hamda mustaqillikka ega bo‘ladi. Qat’iy tartib iqtisodiy rivojlanishni tasodiflardan va beboshliklardan saqlab turadi. Bunday tartibni davlatning majburlov kuchiga tayanuvchi huquqqina ta’minlay oladi. Huquqiy normalarda ijtimoiy munosabat ishtirokchilari faoli- yatining andozasi (modeli), kishilar yurish-turishi, xatti-harakatining algoritmi, taraflarning huquq va majburiyatlari me’yori aks ettiriladi. Huquq insonlar xatti-harakatini subyektiv huquq va yuridik majburiyatlar shaklida me’yorlash (modellashtirish) orqali ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi. Huquq normalari jamiyat hayotining asosiy jabhalarini normativ tarzda tartibga solib turadi. Huquqiy normalarning ijtimoiy munosabatlarga ta’siri, ularni tartibga solishi huquqni amalga oshirish jarayonining bevosita natijasi- dir. Mazkur qoidani tushunib olish uchun «huquqiy ta’sir etish» va «huquqiy tartibga solish» iboralarining ma’nosini tahlil qilish lozim. Bunda eng av- valo, «ta’sir etish» va «tartibga solish» tushunchalarini aniqlash talab etiladi, chunki ular aynan bir ma’noli so‘zlar emas. «Tartibga solish» iborasi lotincha «regulo» so‘zidan olingan bo‘lib, qoida, batartiblash, yo‘lga qo‘yish, bir narsani ikkinchisiga muvofiqlashtirish ma’nosini anglatadi. «Ta’sir etish» iborasi esa, biror narsaga xatti-harakatlar tizimi vositasida yondashib, uni o‘zgartirishga erishishdir. «Ta’sir etish» tushunchasi o‘z hajmiga ko‘ra «tartibga solish» kategoriyasidan keng. Ta’sir etish ham huquqiy normalar yordamida xulq- atvorni tartibga solishi, ham boshqa huquqiy vositalar va usullar orqali kishilar xulq-atvorini o‘zgartirishga erishishi mumkin. Yuridik adabiyotda ba’zi tadqiqotchilar huquqiy tartibga solish tushun- chasiga inson ongi va xulq-atvoriga huquq ta’sir etishining barcha turlarini kiritadilar, boshqa olimlar esa, mafkura va tarbiyani huquqiy tartibga solish mazmunidan tashqariga chiqaradilar. Ikkinchi yondashuv tarafdorlarining fikri ancha jo‘yali ko‘rinadi. Unga muvofiq, huquqiy tartibga solish – huquqning ijtimoiy munosabatlarga maxsus yuridik vositalar tizimi yordamida ta’sir etish- dir. Chunki, hamma huquqiy hodisalar ham ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qodir emas. Demak, «ijtimoiy munosabatlarga huquqiy ta’sir etish» iborasi nisbatan keng tushuncha bo‘lib, o‘z mazmuniga jamiyat hayotiga huquq ta’sirining barcha yo‘nalishlari va shakllarini qamrab oladi. Huquqning bunday ta’siri – normativ (umummajburiy) regulyatorlik, mafkuraviy va tarbiyaviy shakllarda namoyon bo‘ladi. Huquq ishlab chiqarish (iqtisodiy) munosabat- |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling