Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet416/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   412   413   414   415   416   417   418   419   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

415
XX bob.
 Huquqiy tartibga
solish mеxanizmi
Ikkinchi guruh olimlar fikricha, huquqiy tartibga solish huquqiy muno-
sabatlar doirasidan tashqariga chiqadi, ancha kengroq ko‘lamda harakatlanadi. 
Bunday yondashuv so‘nggi yillarda yuridik ilmiy jamoatchilik tomonidan ustu-
vor nuqtayi nazar sifatida tan olinmoqda. Masalan, akademik Sh.Z. O‘razayev, 
professorlar Z.M. Islomov, M.M. Fayziyev, U. Tojixonov, S.N. Bratus, 
A.V. Mitskevich va boshqalar subyektiv huquq huquqiy munosabatdan tashqa-
rida ham mavjudligini ishonarli tarzda isbot qiladilar.
Mazkur xulosa ilmiy jihatdan nihoyatda muhimdir. Birinchidan, bu xu-
losa barcha subyektiv huquqlarning (ayniqsa, konstitutsiyaviy huquqlarning) 
nafaqat huquqiy munosabat orqali, balki undan tashqari ham amalga oshishi va 
ulardan foydalanish mumkinligini himoya qiladi. Ikkinchidan, u huquq-tartibot 
huquqiy munosabatlar tizimidangina iborat emasligini, shuningdek jismoniy va 
yuridik shaxslar huquqiy maqomini ham qamrab olishini ko‘rsatadi. Uchinchi-
dan, masalaga bunday yondashish obyektiv va subyektiv huquqlarni amalga 
oshirishning hamma shakliga e’tiborni qaratadi, huquqiy tartibga solish 
mexanizmini to‘la izohlaydi
1
.
Shunday qilib, huquqiy tartibga solish ikki shaklda amalga oshadi:
– huquqiy munosabat orqali;
– huquqiy munosabatdan tashqarida.
Huquqiy munosabatlar ijtimoiy munosabatlarning maxsus turi hamda 
huquqiy tartibga solishning alohida shaklidir.
Huquqiy tartibga solishning ushbu ikki shakli uchun umumiy jihat shun-
daki, ular faoliyatining asosiy predmeti – hamisha subyektiv huquq bo‘lishidir. 
Huquqiy tartibga solish faqat kishilarning harakatlariga (faoliyatiga), munosa-
batlariga qaratiladi. Huquqiy tartibga solish natijasida hamisha real munosa-
batlar muayyan tarzda me’yorlanadi, «qolip»ga solinadi, barqarorlik kasb etadi. 
Muhimi, bu munosabatlar davlat tomonidan muhofazalanadi.
Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish aniq usullar yordamida 
amalga oshiriladi. Huquqiy tartibga solish usuli 

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   412   413   414   415   416   417   418   419   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling