Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
422
Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi lakatimizning siyosiy tizimi demokratik tarzda takomillashib borgani sayin konstitutsiyaviy tartibga solishning siyosiy kafolatlari kuchayib boradi. Jamiyat- ning g‘oyaviy asoslari va ma’rifiy-ma’naviy kamoloti ta’minlanib, tobora yuk- salib borgani sayin konstitutsiyaviy tartibotning g‘oyaviy-ma’naviy kafolat- lari rivoj topadi. Konstitutsiyaviy tartibga solishning yuridik mexanizmi esa, Konstitutsiya amal qilishining barcha huquqiy vositalari hamda usullari yig‘indisini qamrab oladi. Konstitutsiya normalari qonuniylik prinsipiga qat’iy rioya qilingan holda amalga oshiriladi. Xuddi shu narsa konstitutsiyaviy tartibga solishning yuridik kafolatini tashkil etadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ustuvorligini ta’minlashning, unga rioya qilishning alohida muhofaza mexanizmi vujudga keltirilgan. Bun- day mexanizmning asosiy va markaziy bo‘g‘inini Konstitutsiyaviy sud tashkil etadi. U qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlar hujjatlarining konstitutsiyaviyligi to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib, hal etadi. O‘zbekiston Respublika- sining «Konstitutsiyaviy sud to‘g‘risida»gi (1995-yil 30-avgust) qonuniga mu- vofiq, Konstitutsiyaviy sud mamlakatimizda konstitutsiyaviy nazoratning oliy sudlov organi hisoblanadi. Konstitutsiyaviy sud barcha davlat organlari tomoni- dan chiqariladigan huquqiy hujjatlarning, O‘zbekistonning xalqaro shartnoma- lari va boshqa majburiyatlarining Konstitutsiyaga to‘la mos bo‘lishini kuzatib turadi; Qoraqalpog‘iston Konstitutsiyasi, qonunlari va huquqiy hujjatlarning O‘zbekiston Konstitutsiyasiga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa beradi; Konstitutsi- yaviy sudning qarorlari matbuotda e’lon qilingan paytdan boshlab kuchga ki- radi. Ular qat’iy va ular ustidan shikoyat qilish mumkin emas (Konstitutsiyaning 109-moddasi). Konstitutsiyaviy tartibga solish jamiyatda yetakchi hamda nufuzli o‘rnini egallaydi. U oliy darajadagi huquqiy tartibga solishdir. Konstitutsiya normalari o‘z yuridik kuchi jihatidan boshqa oddiy huquqiy normalardan so‘zsiz ustuvor bo‘lganligi uchun konstitutsiyaviy tartibga solish yuksak yuridik maqomga, shuningdek, muhim ijtimoiy-siyosiy mazmunga ega. Xo‘sh, konstitutsiyaviy-huquqiy tartibga solish qanday ijtimoiy munosa- batlarni qamrab oladi? Bunday tartibga solishning predmetini jamiyat va dav- lat hayot faoliyatining eng muhim jihatlari, shunga oid asosiy ijtimoiy muno- sabatlar tashkil etadi. Bu ijtimoiy munosabatlar – jamiyatning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, sotsial va madaniy rivojlanishini, O‘zbekiston davlat ichki va tashqi siyosati asoslarini, respublikada inson (fuqaro) huquqlari va erkinliklarini us- tuvor ta’minlashni aks ettiruvchi, xususiy mulkchilikka asoslangan barqaror bozor iqtisodiyotining qaror topishi bilan bog‘liq munosabatlardir. Ushbu mu- nosabatlar jamiyat va davlatimizning mohiyatini hamda asosiy xususiyatlarini ifoda etadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling