Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
Konstitutsiyaviy-
huquqiy tartibga solish 3-§. 420 Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi sifatida jamiyat va davlat hayotining bosh mezoni, ijtimoiy munosabatlarni barqarorlashtiruvchi, ravon tartibga soluvchi ta’sirchan vositadir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov ta’kidlab o‘tganidek, «...biz mamlakatimiz- da huquqiy davlat, demokratik jamiyat barpo etish, inson manfaati, huquq va erkinliklarini eng oliy va ustivor qadriyat sifatida qaror toptirish borasida o‘tgan davr mobaynida qonunchilik sohasida va amaliy siyosatimizda qan- day natija va yutuqlarni qo‘lga kiritgan bo‘lsak, ularning barchasi Konstitutsi- yamizda muhrlab qo‘yilgan talab va tamoyillar bilan uzviy bog‘liqdir» 1 . Huquqiy tartibga solish mexanizmida Konstitutsiyaning ustuvorligini ta’minlash nihoyatda muhim ahamiyatga molik masaladir. Konstitutsiya – mamlakat huquqiy tizimining o‘zagi, uning mustahkam poydevori. Konsti- tutsiya normalari birlamchi, ta’sis etuvchi xarakterga ega bo‘lib, ular bevosita amal qiladi. Birorta ham qonun yoki boshqa normativ-huquqiy hujjat Konstitutsiya normalari va qoidalariga zid kelishi mumkin emas (16-modda, 2-qism). Konstitutsiya Asosiy qonun sifatida mamlakat normativ-huquqiy huj- jatlar tizimida ustuvorlik qiladi, «hukmron» mavqeni egallaydi. Uning nor- malari boshqa qonunlarning qoidalaridan ham yuqoriroq yuridik kuchga ega. Qolgan barcha qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar Konstitutsiya asosida, unga muvofiq tarzda va uning ijrosi uchun chiqa- riladi. Basharti, qonunlar Konstitutsiyaga zid kelib qolsa, yoki unda belgi- langan tartiblarni buzib ishlab chiqilgan va qabul qilingan bo‘lsa, ular o‘z kuchini yo‘qotishi shart. Konstitutsiya butun huquqiy tizimning uyushtiruvchi, hamjihatlashtiruvchi markazi, «tizim» hosil qiluvchi o‘zagi bo‘lib, barcha huquq tarmoqlari va qo- nunchilik sohalarini shakllantiruvchi hamda rivojlantiruvchi yuridik asosdir. Qonunchilikning hamma sohalari bevosita Konstitutsiya qoidalari va prin- siplariga tayanadi. Binobarin, Konstitutsiya qonunchilik tarmoqlari vujudga kelishi va amal qilishi uchun sarchashma – manba bo‘lib hisoblanadi. Diqqatga sazovor jihati shundaki, konstitutsiyaviy normalar siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy-ma’naviy hayotning eng muhim tomonlarini huquqiy tartibga soladi. Ana shu ma’noda Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling