Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Huquqiy tartibga solish mexanizmi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
Huquqiy tartibga solish mexanizmi – ijtimoiy munosabatlarga jami-
yat va davlat oldida turgan maqsad hamda vazifalarga mos ravishda samarali huquqiy ta’sir etishni ta’minlovchi yuridik vositalarning bir butun tizimidir. Huquqiy tartibga solish jarayonidagi barcha huquqiy vositalarning «mexanizm» iborasi bilan izohlanishi bejiz emas. «Mexanizm» – bir qancha mustaqil hodisalar, 27–18-8 418 Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi qismlarning o‘zaro aloqadorlik asosida, bir butun agregat sifatida hara- kat qilishidir. Bunda har bir element uyg‘un va barqaror birlashib, biri ik- kinchisini harakatlantiradi. Mexanizmga aniq, qat’iy va bir maromda ishlash xosdir. «Mexanizm» unsurlarning oddiy yig‘indisi sifatida mavjud bo‘lmaydi. U tarkibiy qismlarning o‘zaro aloqadorlik asosidagi jipsligi bilan, biri ikkinchi- sining mavjudligini taqozo etishi bilan, aynan mana shu o‘zaro munosabat- lar negizida harakatlanishi, rivojlanishi va takomillashishi bilan tavsiflanadi. Huquqiy tartibga solish jarayonida namoyon bo‘luvchi qismlar yagona bir bu- tun mexanizmni tashkil etadi. «Huquqiy tartibga solish mexanizmi» tushunchasi «huquqiy ustqurma» (yoki ustqurmaning huquqiy qismi) tushunchasiga yaqin turadi. Har ikki tushuncha tarkibiga huquq normalari, huquqiy munosabatlar, huquqiy-me’yoriy hujjatlar, huquqiy ong, huquqiy madaniyat va boshqa huquqiy voqeliklar kiradi. Biroq, bu unsurlar yagona mexanizmning tarkibiy qismlari sifatida tahlil qilin- ganda e’tiborni huquqiy ustqurmaning dinamik tomonga, huquqiy ta’sir etish jarayonidagi yuridik vositalarning bir butun tizimdagi o‘zaro harakatiga qaratish lozim. «Huquqiy tartibga solish mexanizmi» tushunchasi yordamida har bir huquqiy institut(voqelik)ning huquqiy tartibga solish tizimidagi o‘rni va rolini aniqlab olish mumkin. Shuningdek, ta’kidlash joizki, mexanizm tarkibiga kiruvchi huquqiy institut butunning tarkibiy qismi sifatida yangi xususiyat- larga ega bo‘ladi. Huquqiy tartibga solish mexanizmining dastlabki elementini – Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling