Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet417/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   413   414   415   416   417   418   419   420   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

huquqiy tartibga solish 
predmetiga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasidagi 
munosabatlarga huquqiy ta’sir etishning yo‘llari yig‘indisi 
huquqiy tartibga 
solish metodi (usuli) deb ataladi. Huquqiy tartibga solish metodining ikki 
turi, ya’ni: 
avtonomiya metodi va avtoritar (geteronomiya) metodlari mavjud.
Avtonomiya metodi asosida tartibga solinuvchi munosabatlarda taraf-
lar teng huquqli bo‘ladilar hamda ular qonunda belgilangan vakolatlar doirasida 
mustaqil faoliyat yuritadilar. Misol uchun, fuqarolik huquqiy munosabatlarini 

Явич Л.С. Сущность права. – Л: ЛГУ, 1985. – 206-bet.


416
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
olaylik, ularda ishtirok etuvchi subyektlar qonun belgilagan me’yor ko‘lamida 
o‘z xatti-harakatlarini mustaqil kelishuv, shartnoma asosida erkin belgilaydilar.
Avtoritar metod deganda, ijtimoiy munosabatlarga hukmronlik, buyruq 
(imperativ) tarzida qat’iy ta’sir o‘tkazish tushuniladi. Masalan, ma’muriy-
huquqiy va jinoiy-huquqiy munosabatlarni olaylik. Bu munosabatlarda bir to-
monda davlat (davlat idorasi yoki vakolatli mansabdor shaxs) namoyon bo‘ladi, 
ikkinchi tomondan esa, fuqaro maydonga chiqadi. Ma’muriy yoki jinoiy javob-
garlikni qo‘llovchi vakolatli subyekt davlat hokimiyati nomidan ish ko‘radi, 
ya’ni avtoritar metodga tayanib huquqiy tartibga solishni amalga oshiradi.
Demokratik jamiyatda huquqiy tartibga solish quyidagi xususiyatlarga 
ega:
– huquqiy tartibga solishning barqarorligi;
– konstitutsiyaviy-tartibga solish ahamiyatining oshishi va ko‘lamining 
kengayib borishi;
– iqtisodiy, siyosiy, madaniy va mafkuraviy hayot sohalarida huquqiy 
tartibga solish rolining o‘sib borishi;
– huquqiy tartibga solish jarayonida ijtimoiy o‘zini o‘zi boshqarish va 
ijtimoiy munosabatlarga jamoat ta’sirining o‘sishi;
– ijtimoiy xulq-atvorni oldindan belgilash modellashtirish imkoniyatlarining 
oshib borishi;
– huquqiy tartibga solishning xalqchilligi va samaraliligi; 
– huquqiy tartibga solishning faol, ijtimoiy xarakterga egaligi.
 
Huquqiy tartibga solish mexanizmi 
jamiyatdagi turli-tuman ijtimoiy munosabat-
larga muntazam ravishda va muayyan ket-
ma-ketlikda ta’sir etish jarayonidir. Ijtimoiy 
munosabatlar mazmuni hamda huquqiy nor-
malar ruhi mamlakat intilayotgan maqsad va vazifalar, ya’ni: bozor iqtisodi-
yotiga o‘tish, huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati barpo etish manfaatlari bilan 
uzviy bog‘liq.

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   413   414   415   416   417   418   419   420   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling