Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet425/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   421   422   423   424   425   426   427   428   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

423
XX bob.
 Huquqiy tartibga
solish mеxanizmi
Konstitutsiyaviy-huquqiy tarzda tartibga solinuvchi ijtimoiy munosabat-
larni bir necha yirik majmualarga ajratish mumkin:
– jamiyatning iqtisodiy tizimi, xususiy va boshqa shakldagi mulkchilik 
hamda tadbirkorlik asoslarini tashkil etuvchi ijtimoiy munosabatlar;
– mamlakat siyosiy tizimi va davlat tuzumi asoslarini tashkil etuvchi 
ijtimoiy munosabatlar;
– shaxsning huquqiy maqomi asoslarini belgilovchi inson huquqlari va 
erkinliklarini ta’minlash tizimiga oid ijtimoiy munosabatlar;
– mamlakatimizning davlat tuzilishi shakli, ma’muriy-hududiy tuzilishi, 
shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasining huquqiy maqomi asoslarini 
belgilashga oid ijtimoiy munosabatlar;
– saylov tizimi, Parlament, Prezident, Hukumat, sud hokimiyati, ma-
halliy davlat vakillik va ijroiya idoralarining huquqiy maqomi, vakolatlarini 
amalga oshirish bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlar va hokazo. 
Konstitutsiyaviy-huquqiy tartibga solish mexanizmini (avvalgi 
paragrafda ta’kidlanganidek) uch element: konstitutsiyaviy normalar; konsti-
tutsiyaviy-huquqiy munosabatlar; konstitutsiyaviy huquq va majburiyatlarni 
amalga oshirish hujjatlari tashkil etadi. Ushbu mexanizmning normativ aso-
sini tashkil etuvchi yuridik normalar o‘zining eng oliy siyosiy-yuridik kuchi, 
yuksak barqarorligi va jamiyat hamda davlat tomonidan qat’iy ta’minlanishi 
bilan ajralib turadi.
Konstitutsiyaviy normalar asosida tarkib topgan huquqiy munosabatlar 
umumiy mazmun kasb etadi va tarmoq huquqiy munosabatlari (ya’ni, konkret 
munosabatlar) uchun asos vazifasini o‘taydi. Ular o‘zining doimiy barqarorligi
uzoq muddatga mo‘ljallanganligi va subyektlarning yuqori umumiy huquqiy ho-
latini ifodalashi bilan tavsiflanadi. Bunday munosabatlarning subyektlari: davlat, 
xalq, millatlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, davlat idoralari, jamoat birlashma-
lari, siyosiy partiyalar va fuqarolar hisoblanadi. Konstitutsiyaviy qonunchilik nor-
malarini amalga oshirish har qanday huquqiy normalarni amalga oshirish singari 

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   421   422   423   424   425   426   427   428   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling