Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet428/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   424   425   426   427   428   429   430   431   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

e) ijtimoiy muhit. Huquqning, shuningdek butun yuridik vositalar 
tizimining harakatlanishi muayyan ijtimoiy muhitda ro‘y beradi. Bunda jami-
yat, davlat, siyosiy partiyalar va jamoat birlashmalari hamda fuqarolar to-
monida huquqqa, qonuniylikka munosabat namoyon bo‘ladi. Mazkur muhitda 
mavjud muayyan shart-sharoit, huquqiy madaniyat, huquqiy ong va tartibiy 
holati maydonga chiqadi. Huquq harakatlanadigan ijtimoiy muhitning muhim 
jihatlaridan biri jamiyatdagi qonuniylik va huquqiy tartibot rejimini qamrab 
oluvchi umumiy holat – «huquqiy iqlim»dir.
Tahlil etilayotgan mexanizmda huquqning harakatlanishiga turli ijtimoiy 
omillar ta’sir ko‘rsatadi.
Ijtimoiy omillar huquqiy tartibga solish ehtiyojlarini aniqlashga, huquqiy 
munosabat ishtirokchilarining xulq-atvoriga, yuridik norma qo‘llanayotgan ma-
salaning mazmuniga u yoki bu shaklda ta’sir o‘tkazuvchi ijtimoiy hayot 
hodisalaridir. Ijtimoiy omillar iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, madaniy taraqqiyotning 
obyektiv qonuniyatlarini o‘zida namoyon etadi. Ijtimoiy omillarni quyidagicha 
turkumlash mumkin: iqtisodiy, demografik, ekologik, jo‘g‘rofiy, siyosiy-huquqiy, 
g‘oyaviy-ruhiy, ijtimoiy-madaniy, milliy, baynalmilal, ilmiy, tashkiliy-texnikaviy 
va boshqa omillar.
Huquqiy tartibga solish jarayonining ruhiy mexanizmi nihoyat-
da muhim ahamiyat kasb etadi. Shaxsning irodasi, aqliy salohiyati 
(intellekti), motivi, maqsadi, e’tiqodi kabi fazilatlari huquq harakatlanishining 
ruhiy mexanizmi zamirida yotadi. Qonun chiqaruvchi idora ijtimoiy munosa-
batlarni tartibga solishda insonlarning ruhiy xulq-atvori xususiyatlarini ino-
batga oladi. Chunki huquqiy tartibga solish-bu ongga, irodaga, ehtirosga, 
murakkab motivli xulq-atvorga ega bo‘lgan insonlarni boshqarishdir. Huquq 
vositasida inson xulq-atvorining motivlari («ichki istak – intilish») shakllan-
tiriladi. Yuridik normada o‘rnatilayotgan taqiq, man etish yoki ijozat berish, 
rag‘batlantirish usullari bilan, avvalo, inson ruhiyatiga ta’sir etiladi. Shu 
tariqa inson ruhiyatining tashqi ifodasi bo‘lmish yurish-turishi, xulq-atvorining 
o‘zgarishiga erishiladi.



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   424   425   426   427   428   429   430   431   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling