Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


rioya qilish, bajarish, foydalanish


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet426/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   422   423   424   425   426   427   428   429   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

rioya qilish, bajarish, foydalanish va qo‘llash shaklida bo‘lishi mumkin.
Konstitutsiyaviy-huquqiy tartibga solish mexanizmining xususiyatlaridan 
biri Konstitutsiya normalarining joriy qonunlar tomonidan konkretlashtirilishi 
hamda bevosita amalga oshirilishidir. Qonun normalari, o‘z navbatida, Prezi-
dent farmoni, Hukumat qarori, davlat boshqaruv idoralari va huquqni qo‘llovchi 
organlar hujjatlari orqali hayotga joriy etiladi. 
Shunday qilib, jamiyat va davlat hayotini konstitutsiyaviy-huquqiy tartib-
ga solish, uning konstitutsiyaviy asoslarini mustahkamlash mamlakatimizning 
yanada ildam qadamlar bilan mustaqillik yo‘lidan olg‘a qarab rivojlanishining 
ishonchli garovidir. 


424
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
Ijtimoiy munosabatlarga huquqiy ta’sir 
etish jarayonining ichki tuzilishini (struktu-
rasini) yanada kengroq talqin qilish mum-
kin. Zero, bu nihoyatda serqirra, mazmundor 
va turfa xil namoyon bo‘lish jihatlariga ega 
hodisadir. Huquqiy tartibga solish yuridik mexanizmdan tashqari, ijtimoiy (sot-
sial) va ruhiy (psixologik) mexanizmlarga ham ega.
Ayonki, huquq ijtimoiy muhitda amal qiladi. Uning harakatlanishiga turli 
ijtimoiy omillar, hayotiy vaziyat hamda hodisalar ta’sir ko‘rsatadi. Ilmiy adabi-
yotlarda huquqning kundalik real hayotda amal qilish hodisasi 
huquq hara-
katlanishining ijtimoiy (sotsial) mexanizmi deb yuritiladi.
Huquq harakatlanishining yoki huquqiy tartibga solishning ijtimoiy 
mexanizmi deganda, huquqiy prinsiplar va normalarning talablarini huquq sub-
yektlari xulq-atvori hamda yurish-turishiga aylantirish (singdirish) bilan bog‘liq 
jarayonga ta’sir etuvchi ijtimoiy va boshqa hayotiy omillarning yalpi umumiy 
tizimi tushuniladi. Mazkur jarayonning asosiy bosqichlariga quyidagilar kiradi: 
huquq prinsiplari va normalari mazmunini barchaning e’tiboriga yetkazish; 
huquqiy aktlarda ijtimoiy foydali maqsadni ifodalash orqali huquqqa muvofiq 
xulq-atvorni yo‘naltirib turish; huquqiy ko‘rsatmalar yordamida ijtimoiy foy-
dali huquqqa muvofiq xulq-atvorni shakllantirish; ijtimoiy-huquqiy nazoratni 
amalga oshirish.
Huquqiy tartibga solishning ijtimoiy mexanizmini tavsiflashda uning 
ushbu jihatlari alohida o‘rin tutadi:

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   422   423   424   425   426   427   428   429   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling