Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
426
Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi Ijobiy xatti-harakatlarni sodir etishga sabab bo‘luvchi faol xulq-atvorni rag‘batlantiruvchi undovchi motivlarni shakllantirish huquqiy tartibga solishning bosh maqsadidir. Undovchi motivlarni shakllantirish ikki yo‘l bilan amalga oshiriladi: birinchisi – faol xatti-harakat sodir etish majburiyatini yuklash; ikkinchisi – ijobiy xatti-harakatni sodir etish huquqini berish (ijozat berish). Shunday qilib, huquqiy tartibga solishning yuridik, ijtimoiy, ruhiy mexanizmlari jamuljam inobatga olingan taqdirdagina ko‘zlangan samaraga erishish mumkin. 427 XXI bob. Qonuniylik va huquqiy tartibot. Intizom Adolatli, demokratik jamiyat va huquqiy davlat barpo etish jarayonida qonun ustuvor- ligi va qonuniylik muhitini yaratish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Zero, mustahkam qo- nuniylik, qat’iy huquqiy tartibot huquqiy dav- latchilikning mohiyatini tashkil etadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiya- sining 14-moddasida mustahkamlangan qoidaga muvofiq «Davlat o‘z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini ko‘zlab, ijtimoiy adolat va qonuniylik prinsiplari amalga oshiradi». Mazkur konstitutsiyaviy norma nihoyatda insonparvar va ezgulik bilan yo‘g‘rilgan qoidadir. Unda adolat bilan qonuniylik g‘oyalari yonma-yon, uyg‘un holda e’tirof etiladi. Darhaqiqat, jamiyatda ustuvorlik qiladigan qonuniylik ta- labi adolat mezonlari doirasida bo‘lmog‘i lozim. Shu ma’noda mamlakat Pre- zidenti Sh. Mirziyoevning quyidagi fikrlari iboratlidir: «Xalqimiz azaldan yuk- sak qadrlab keladigan, hamma narsadan ustun qo‘yadigan adolat tuyg‘usini hayotimizda yanada keng qaror toptirishni biz birinchi darajali vazifamiz, deb hisoblaymiz» 1 . Qonuniylik talabi Konstitutsiyamizda o‘zining quyidagi talqinini topgan: «Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko‘radilar (15-modda)». «Qonuniylik prinsipi»ni barcha tomonidan mavjud qonunlarga og‘ishmay amal qilinishi va ularni qat’iy bajarilishi, deb talqin etish sobiq Ittifoq davrida ham mavjud edi. Mustaqillikka erishganimizdan so‘ng biz demokratik, insonparvar, adolatli jamiyat barpo etish sari yo‘l tutganimiz bois «qonuniylik prinsipi»ga yangicha «insoniy qiyofa» baxsh etish, uni inson manfaatlari nuqtayi nazaridan tushunish va talqin qilish tendensiyasi namoyon bo‘la boshladi. Avvalgi davrda «qonuniylik» faqat qonun normalariga qat’iy rioya etish, ularga bo‘ysunish sifatida tushuni- lar edi. Endilikda qaror topayotgan yangi tendensiya, yangicha yondashuvga muvofiq, avvalo, rioya etilishi talab qilinadigan qonunlarning mazmuni adolat 1 Mirziyoyеv Sh. Erkin vа fаrоvоn, dеmоkrаtik O‘zbеkistоn dаvlаtini birgаlikdа bаrpо etаmiz. – T.: «O‘zbekiston», 2017. – 10-bеt. Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling