Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet431/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   427   428   429   430   431   432   433   434   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

429
XXI bob.
 Qonuniylik va 
huquqiy tartibot. Intizom
tiv huquq davlat qonunlaridan ustun turadi. Shu bois Yevropaning ko‘pchilik 
davlatlari konstitutsiyalarida 
huquqning ustunligi prinsipi mustahkamlan-
gan. 
Huquq ustunligi – bu ijtimoiy munosabatlarni insonning tabiiy huquqlari 
nuqtayi nazaridan, haqiqat va adolat mezonlari asosida tartibga solinishining 
yuksak darajasidir. Mamlakatimiz huquqshunosligi oldida turgan muhim ma-
salalardan biri «huquq ustunligi» va «qonun ustunligi» prinsiplarining nisba-
tini metodologiya jihatidan chuqur ilmiy-nazariy isbotlashdan iborat. Bunday 
ilmiy-ijodiy izlanish, shubhasiz, huquqiy tafakkurimizni sifat jihatdan yangi 
bosqichga ko‘taradi.
Milliy huquqshunosligimizda huquq ustunligi prinsipining tushunchasi, 
mohiyati va ahamiyatini izohlashga bag‘ishlangan ilmiy izlanishlar paydo 
bo‘layotganligi yuqorida biz asoslayotgan tendensiyaning isbotidir
1
.
Demokratik jamiyat barpo etayotgan huquqiy davlat qurish yo‘lidan bo-
rayotgan va shu maqsadda tub islohotlarni amalga oshirayotgan mamlakatimiz 
uchun bugungi sharoitda (o‘tish davrida) qonun ustuvorligiga erishish vaziyat-
ning ayni taqozosidir.
Huquq ustuvorligi (ustunligi) prinsipi biz kelgusida erishishga intilayotgan 
ideal tamoyil sifatida o‘z dolzarbligini saqlab qoladi. Istiqbolda, albatta, ijtimoiy 
hayotimizda huquq ustuvorligi tamoyili rahbariy mavqega ega bo‘ladi.
Ta’kidlash muhimki, qonunning ustunligini ta’minlash nihoyatda de-
mokratik mazmundagi ishdir. Qonunga og‘ishmay itoat etilgan jamiyatdagina 
demokratiya qaror topadi va mustahkam bo‘ladi. 
Qonunning oliyligi xususida gap borganda, avvalo, davlatning shoh qonuni 
hisoblangan Konstitutsiyaning oliyligini, ustuvorligini ta’minlash muhimligini 
e’tirof etish lozim. Konstitutsiya mamlakat huquqiy tizimining poydevoridir. 
U – xalqimizning davlat donishmandligi va siyosiy-huquqiy tajribasi samarasi 
tarzida yaratilgan.
Konstitutsiya normalari ibtido – asos sifatida ta’sis etuvchi xarakterga 
ega bo‘lib, ular bevosita amal qiladi. Birorta ham qonun yoki boshqa norma-
tiv-huquqiy hujjat Konstitutsiya normalari va qoidalariga zid kelishi mumkin 
emas. Konstitutsiyaning qoidalari joriy qonunlar yoki boshqa huquqiy hujjatlar 
vositasida muayyanlashtirilmaganligi tufayli ularni bajarmaslik va ularga rioya 
etmaslikka yo‘l qo‘yilmaydi.
Konstitutsiya va qonunlar har bir fuqaro uchun, har bir huquq sohibi 
uchun eng oliy qadriyat, mo‘tabar va muqaddas bo‘lmog‘i lozim. Biroq buning 
uchun Konstitutsiya va qonunlarning o‘zi nihoyatda adolatli, insonparvar
demokratik va oqilona bo‘lishi, jamiyatning yetilgan ehtiyojlariga hamda davr 
talablariga mos kelishi lozim.

Islоmоv Z.M. Kоnstitutsiya – huquq ustunligining аsоsi. – T., 2012.



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   427   428   429   430   431   432   433   434   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling