Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet437/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   433   434   435   436   437   438   439   440   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

434
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
Mamlakatimiz huquqiy tizimi muayyan 
huquqiy prinsiplar asosida amal qiladi. Jami-
yat hayotida qonuniylikni ta’minlashga bir qan-
cha muhim prinsiplarga rioya qilish orqali eri-
shiladi. Qonuniylikning o‘ziga xos xususiyatlari uning quyidagi prinsiplarida 
ifodalanadi:
1) Qonuniylikning yagonaligi. Qonunlar mamlakat hududida bir xilda 
qo‘llaniladi. Qonuniylik barcha qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar 
mamlakatning butun hududida yagona ma’no kasb etishi, bir xilda qo‘llanishi, 
hammaning qonun oldida tengligi, aholining biron-bir guruhi uchun imtiyoz va 
cheklashlar yo‘qligini bildiradi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsi-
yasining 18-moddasida shunday deyilgan: «O‘zbekiston Respublikasida barcha 
fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, 
ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qo-
nun oldida tengdirlar».
Respublikamizda qonunning yagonaligi va barcha fuqarolarning qonun 
oldida tengligi, 
birinchidan, O‘zbekiston Konstitutsiyasi va qonunlarini uning 
butun hududida amal qilishini va barcha normativ-huquqiy hujjatlar qonun aso-
sida qabul qilinib, ularga zid bo‘lmasligini anglatadi. 
Ikkinchidan, O‘zbekiston 
qonunlari uning ijtimoiy va davlat tuzumini, barcha millat va elatlarning man-
faatlarini qo‘riqlaydi. 
Uchinchidan, mamlakatning butun hududida qonunlar 
bir xilda qo‘llaniladi.
2) Qonunning ustuvorligi va hamma uchun majburiyligi. Jamiyatda 
qonunlar oliy yuridik kuchga ega, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning ham-
masi qonun asosida qabul qilinadi. Biror-bir huquqiy norma qonunga zid bo‘la 
olmaydi, agar qonun bilan boshqa huquqiy norma o‘rtasida shunday nomuvo-
fiqlik paydo bo‘lsa, bunday holda qonun amal qiladi. Bu prinsip Konstitutsi-
yamizning 15-moddasida mustahkamlangan bo‘lib, unda shunday deyilgan: 
«O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va 
qonunlarining ustunligi so‘zsiz tan olinadi.
Davlat uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqa-
rolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko‘radilar».
3) Qonuniylik va maqsadga muvofiqlik prinsipi. Mamlakat hududida 
amaldagi qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni aniq bajarish har qaysi 
davlat organi, jamoat birlashmalari, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun 
shartdir. Ammo, barcha fuqarolar ham amaldagi qonunlarga bir xilda ixtiyoriy 
va vijdonan rioya qilavermaydilar. Ayrim fuqarolar qonun talablarini bajar-
maydi va amaldagi ba’zi qonunlarning eskirib qolganligi hamda ularni hozirgi 
davr talablariga javob bermasligini ro‘kach qiladilar. Mamlakatda o‘rnatilgan 

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   433   434   435   436   437   438   439   440   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling