Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Qonuniylik prinsiplari va
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
Qonuniylik
prinsiplari va kafolatlari 2-§. 435 XXI bob. Qonuniylik va huquqiy tartibot. Intizom qonunchilik tartibiga ko‘ra vakolatli organ tomonidan amaldagi qonunlar ras- miy ravishda bekor qilinguniga qadar u yuridik kuchga ega bo‘ladi va unga rioya qilish hamma uchun majburiydir. Jamiyatda o‘zining yuridik ahamiyatini yo‘qotgan biror-bir qonun yo‘q. Agar qonunlarning birortasi jamiyat manfaat- lariga zid yoki uning talablariga to‘g‘ri kelmaydigan bo‘lsa, bunday holda qo- nunchilik tashabbusi huquqiga ega subyektlar mazkur qonunlarni bekor qilish to‘g‘risidagi tashabbus bilan Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga murojaat etadilar. Qonun o‘rnatilgan tartibda bekor qilingandagina, o‘zining yuridik kuchi va ahamiyatini yo‘qotgan hisoblanadi. 4) Qonuniylikning aholi madaniy darajasi bilan bog‘liqligi. Qonuniy- lik madaniyatni oshirishga, o‘z navbatida, madaniyatning rivojlanishi esa, qo- nuniylikni mustahkamlashga yordam beradi. Qonuniylik aholining huquqiy madaniyat darajasi bilan bevosita bog‘liq. Jamiyatda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyat darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, qonunlarga rioya qilish va ularning bajarilishi shunchalik samarali bo‘ladi. Aholining huquqiy ongi va madaniyat darajasi yuqori bo‘lmasa, bunda qonuniylikka erishish amri mahol. Basharti, fuqarolar qonun chiqaruvchi organning qonunlarda mustahkamlan- gan erki-irodasi, unda qo‘yilgan talablarni bilmas ekan, bundan ijobiy natija kutib bo‘lmaydi. Asosiysi, fuqarolar qonunlarda qanday imtiyozlar berilganligi yoki qanday harakatlar taqiqlanganligidan bexabar qoladi. Aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish hamda qonuniylikni mustahkamlash maqsa- dida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1997-yil 29-avgustda «Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi» qabul qilingan bo‘lib, u huquqiy savodxonlik, huquqiy tafakkur va ma’rifatni shakllantirishda dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda. Mamlakatda qonuniylikni ta’minlashda ularni kafolatlash muhim aha- miyat kasb etadi. Qonunlar orqali kishilar o‘rtasidagi munosabatlar tartibga solinar ekan, ularni hayotda to‘g‘ri tatbiq etish uchun qonuniylik tegishli usul- lar vositasida amalga oshiriladi. Bunday usullar davlat tomonidan belgilangan bo‘lib, qonuniylik kafolatlari deb ataladi. Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling