Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet441/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   437   438   439   440   441   442   443   444   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

438
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
Konstitutsiyamiz – Asosiy qonun sifa-
tida, barcha qonunlarning, huquqiy tizimning 
o‘zagidir. U xalq manfaatini ifoda qiladi, xalq 
hokimiyatchiligini ta’minlaydi. Unda xalqning 
asosiy irodasi va intilishi har tomonlama o‘z 
ifodasini topgan.
O‘zbekiston huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati barpo etish-
ni o‘z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan va ushbu maqsad yo‘lida jadallik bilan 
odimlamoqda. Huquqiy davlatning asosiy belgilari sifatida: huquq hukmronligi-
ning tan olinganligi, inson huquq va erkinliklari ta’minlanganligi, hokimiyat-
larning taqsimlanganligi, sud hokimiyatining mustaqilligi, rivojlangan fuqaro-
lik jamiyati mavjudligi va boshqalarni e’tirof etish lozim. 
Konstitutsiya va qonunlarning ustunligi – O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasida davlat va ijtimoiy hayotni tashkil etishning asosiy prinsiplar-
dan biri sifatida mustahkamlangan. Bu huquqiy davlat bosh mezonining amal-
dagi ifodasidir. Ushbu rahbariy g‘oyaning faol harakatini, ijrosini ta’minlash 
muhim vazifa hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev Konstitutsiyamizning 
25 yilligiga bag‘ishlangan ma’ruzasida shunday dedi: «Kanstitutsiya va qonun 
ustuvorligi hamda qonuniylik tamoyillarining so‘zsiz ta’minlanishi inson huquq 
va erkinliklarini himoya qilishning muhim kafolatidir... Shu nuqtayi nazardan, 
Konstitutsiya hamda qonun talablariga og‘ishmay amal qilish ma’naviy savi-
yamiz, madaniyatimizning asosiy mezoniga aylanishi shart»
1
.
Konstitutsiyamizda inson huquq va erkinliklari to‘liq mustahkamlab 
qo‘yilgan. Huquq va erkinliklar faqat qog‘ozda emas, balki, amalda ham o‘z ifo-
dasini topmoqda. Har bir fuqaro konstitutsiyaviy huquqlarini to‘la anglab, ular-
dan amaliy hayotda ravon foydalanish imkoniyatiga ega. Jamiyat a’zolarining 
o‘z huquqlari, erkinliklari, qonuniy manfaatlari va fuqarolik majburiyatlarini 
chuqur anglab yetishida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida 
qabul qilingan «Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi» 
(1997-yil 29-avgust), O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyasini o‘rganishni tashkil etish to‘g‘risida»gi 
farmoyishi (2001-yil 4-yanvar) va shu kabi normativ-huquqiy hujjatlarning aha-
miyati beqiyosdir. 
Huquqni bilish va anglash huquqiy tarbiyani to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishni talab 
qiladi. Huquqiy savodxonlik dastlab konstitutsiyaviy qoidalarni o‘rganishdan 
boshlanadi. Mamlaktimizda Konstitutsiyani o‘rganish, unda mujassamlangan 

Xalq so‘zi, 2017-yil 8-dekabr.

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   437   438   439   440   441   442   443   444   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling