Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
437
XXI bob. Qonuniylik va huquqiy tartibot. Intizom mamlakatda kuchli ijtimoiy siyosatni, ya’ni aholining bandlik darajasi yuqori- ligi, ishsizlikdan himoyalanishning kafolatlanganligi, aholi kam ta’minlangan qismining davlat tomonidan ijtimoiy himoyalanganligi katta ahamiyat kasb etadi. Jamoatchilik kafolati – qonunlarni amalga oshirishda faqatgina davlat- ning tashabbusi yetarli emas. Qonunlarning ijrosini ta’minlashda davlat organ- laridan tashqari, mansabdor shaxslar, ayniqsa, keng jamoatchilik – mahalla, maktab va boshqa ta’lim muassasalari, xotin-qizlar kengashi, yoshlar ijtimoiy harakati, nodavlat tashkilotlar, kasaba uyushmalari muhim o‘rin tutadi. Shuning uchun mazkur jamoat birlashmalari qonunlarning amalga oshirilishi hamda ular buzilishining oldini olishda faol ishtirok etishlari lozim. Fuqarolik jamiyati institutlari qanchalik faol va kuchli bo‘lsa, qonuniylikning jamoatchilik tomonidan kafolatlanishi shunchalik ta’sirchan bo‘ladi. Yuridik kafolatlar – qonunchilik faoliyati va huquqiy tizimning mu- kammalligi, jamiyat, davlat va fuqarolarning yuqori darajada huquqiy ong va madaniyatga egaligi, yuridik amaliyot va yuridik fan (ta’lim) ning rivojlangan- ligi bilan belgilanadi. Yuridik kafolat qonuniylikni ta’minlovchi kafolatlarning boshqa turlaridan keskin farq qiladi hamda samaraliroqdir. Chunki, yuridik kafolat qonunlar amal qilishi uchun asosiy garov hisoblanadi. Bunda huquqiy normalarning takomillashuvi, ularning bekamu-ko‘st tatbiq etilishi, shuningdek huquqiy normalar buzilishining oldini olishda mansabdor shaxslarning faoliyati va mas’uliyati katta o‘rin egallaydi. Jamiyatda qonuniylik va huquqiy tartibotni ta’minlash va qo‘riqlashda huquqiy kafolat ikki usulga, ya’ni: ishontirish va majburlash usullariga tayanadi. Ishontirish usuli keng xalq ommasiga qonunlar va huquqiy normalar mazmunini tushuntirish orqali, ular ongiga singdirish va boshqa tarbiyaviy choralar ko‘rish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bunda qonunlarga ixtiyoriy rioya qilinishiga erishiladi. Majburlash usulida qonunlar va boshqa huquqiy norma- lar buzilgan taqdirda, davlat organlari tomonidan majburiy choralar qo‘llash amalga oshiriladi. Shu tariqa qonunning bajarilishiga erishiladi. Umuman qo- nuniylikni ta’minlash va rivojlantirishda, avvalambor majburlash emas, balki ishontirish usuli asosiy o‘rin tutadi. Qachonki ishontirish ko‘zlangan natijani bermasa, huquqbuzar shaxs amaldagi huquqiy va ijtimoiy tartibotga qarshi o‘z harakatini davom ettirsa, shu vaqtdagina majburlash usuli qo‘llanilishi mum- kin. Majburlash hamma vaqt ishontirishga asoslanadi. Ishontirish usuli huquq- da mustahkamlangan yurish-turish qoidalarini ta’minlash maqsadida jamiyat a’zolari ongiga davlat va jamoat tashkilotlarining faol ta’sir qilishidir. Qonuniy- lik va huquqiy tartibotni ta’minlashda jamoatchilikka tayanish huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatining ustuvor talabidir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling