Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
yuridik konfliktologiya shakllanmoqda. Uning asosida yuridik
konflikt(nizo)ning huquqiy belgilanishi, huquqiy shaklga ega bo‘lishi yotadi. Bunda har qanday nizoga xos elementlar (ishtirokchilar, motiv-maqsad, sabab, obyekt, jarayon va hokazolar) mavjud bo‘ladi. Yuridik konfliktda nizo (bahs) tomonlarning huquqiy munosabati bilan bog‘liq, bunda subyektlar va ular xat- ti-harakatining motiv-maqsadlari, obyektlari huquqiy xususiyatlarga, nizoning o‘zi esa, yuridik oqibatlarga ega bo‘ladi. Davlat va huquq umumiy nazariyasi bo‘yicha akademik kurs mualliflari talqiniga binoan, yuridik ixtilof deganda, ayni bir yoki o‘xshash ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar o‘rtasidagi nomu- tanosiblik yoki qarama-qarshilik, shuningdek huquqni qo‘llash bilan mutasaddi davlat organlari va mansabdor shaxslar tomonidan o‘z vakolatlarini amalga oshirish jarayonida kelib chiquvchi qarama-qarshiliklar tushuniladi 3 . 1 Российская юридическая энциклопедия. Глав. ред. А.Я. Сухарев. – М., 1999. – 437–438-betlar. 2 Qаrаng: Теория государства и права / Под ред. проф. В.К. Бабаева. – М., 2006. – 503–504-betlar. 3 Qаrаng: Общая теория государства и права. Академический курс / Под ред. проф. М.Н. Марченко. Том 3. – М., 2001. – 405-bet. 446 Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi Ma’lumki, qonunchilik murakkab, ko‘p tarmoqli tuzilma bo‘lib, unda turli nomutanosiblik, nomuvofiqlik, har xillik, o‘zaro zid qoidalar, raqobatlashuvchi normalar va institutlar mavjud. So‘nggi yillarda mamlakatimiz qonunchiligi bozor munosabatlarini qaror toptirish yo‘nalishida rivojlanib, miqdor jihat- dan o‘sib bormoqda. Bunda ijobiy siljishlar bilan bir qatorda islohot talablari- dan, ijtimoiy jarayonlardan ortda qolish tendensiyalari ham kuzatilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoev ta’kidlaganidek, «Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, amaldagi qonunlarimizda bir-biriga zid o‘rinlar ham yo‘q emas» 1 . Yana bir chiqishda davlat rahbari: «Afsuski, hozirgi kunda qonunlarning islohotlar samarasiga ta’siri yetarlicha sezilmayapti. Ularning ijtimoiy munosa- batlarni bevosita tartibga solishdagi roli pastligicha qolmoqda» 2 – dedi. Qonun- larimiz o‘tish davri ruhini aks ettirib, muayyan nobarqarorlik kasb etmoqda, ya’ni ular tez-tez o‘zgartirilib, to‘ldirilib, yangi tahrirda qayta qabul qilinib kelmoqda. Davr talablaridan kelib chiqqan holda yuridik normalarning katta- gina qismini tuzatish, yangi hayotiy voqeliklarga muvofiqlashtirish, xalqaro standartlarga moslashtirish, samaradorligini oshirish, batartiblashtirish lozim- ligi ayondir. Bundan tashqari, qonunchilikning umumiy tizimida turli dara- jadagi va har xil ahamiyatli, turli yuridik kuchga hamda ijtimoiy yo‘nalishga ega bo‘lgan hujjatlar amal qiladi, shuningdek unifikatsiya (bir xillashtirish) va differensiatsiya (turkumlashtirish), birlashtirish va alohidalash jarayonlari kechmoqda, vertikal va gorizontal aloqa va tendensiyalar birikib ketishi yuz bermoqda. Shu nuqtayi nazardan xulosa qilganda, qonunchilik jo‘shqin, tig‘iz rivojlanuvchi, ayni vaqtda, ziddiyatli va asimmetrik (nomutanosib) tizim sifa- tida namoyon bo‘lishi ham mumkin. Ijtimoiy hayotda ba’zan shunday vaziyatlar bo‘ladiki, ularni hal etish tar- tibi bir vaqtning o‘zida bir necha normativ-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan bo‘ladi. Masalan, boquvchining vafot etganligi munosabati bilan zararni to‘lash tartibi ayni vaqtda ham O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 192-mod- dasida, ham O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 1009-moddasida nazarda tutilgan. Ammo, ushbu moddalar masalani hal etishga bir xilda yon- dashmagan. Fuqarolik kodeksining 1009-moddasining III qismiga muvofiq bo- quvchining o‘limi munosabati bilan zarar: voyaga yetmaganlarga – o‘n sakkiz yoshga to‘lgunga qadar; o‘n sakkiz yoshdan oshgan o‘quvchilarga – o‘quvning kunduzgi shaklida o‘qishni tugatgunga qadar, biroq yigirma uch yoshdan oshmaguncha to‘lanadi. Biroq, Mehnat kodeksining 192-moddasi V qismida 1 Mirziyoyеv Sh. Pаrlаmеntimiz hаqiqiy dеmоkrаtiya mаktаbigа аylаnishi, islоhоtlаrning tаshаbbuskоri vа аsоsiy ijrоchisi bo‘lishi kеrаk // Хаlq so‘zi, 2017-yil 13-iyul. 2 Mirziyoyеv Sh. Qоnun ustuvоrligi vа insоn mаnfааtlаrini tа’minlаsh – yurt tаrаqqiyoti vа хаlq fаrоvоnligining gаrоvi. – T.: «O‘zbekiston», 2017. – 8-bеt. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling