Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet451/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   447   448   449   450   451   452   453   454   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

449
XXII bob.
 Yuridik ixtilof
(kolliziya)
yangi huquqiy holatga o‘tish talabini ifoda etishi mumkin»
1
. Darhaqiqat, dialekti-
kaning 
qarama-qarshiliklar birligi va kurashi taraqqiyotga turtki be-
radi, degan qoidasini hech kim inkor etmaydi.
Yuridik ixtiloflar taraqqiyotga ijobiy turtki berishi quyidagilarda ko‘rinadi: 
birinchidan, yuiridik ixtilof huquqiy tizim yoki uning ayrim elementlaridagi, 
davlat institutlari, xo‘jalik yuritish shaklidagi deformatsiya (buzilish) ni aks et-
tiradi; 
ikkinchidan, yuridik ixtilof davlat-huquqiy institutlar ijobiy faoliyati va 
rivojlanishidagi tabiiy qarama-qarshiliklarning ifodasi sifatida namoyon bo‘ladi; 
uchinchidan, yuridik ixtilof yangi huquqiy tartibotga o‘tish yoki konstitutsi-
yaviy tuzumni himoya etishga oid adolatli talablarni ifodalashi va shu tariqa 
beboshlik, g‘ayriqonuniy harakatlar va hujjatlardan norozilikni bayon etadi.
O‘z davrida G. Gegel shunday degan edi: «... qonunlarni qo‘llashda ix-
tiloflarning kelib chiqishi tamomila zarur holatdir, aks holda ishlarni yuritish 
mexanik xususiyatga ega bo‘lib qoladi. Agar yuristlar masalalarni hal etishni 
sudyalar ixtiyoriga berish bilan ixtiloflardan qutilish mumkin degan xulosaga 
kelgan bo‘lsalar, buni ma’qullab bo‘lmaydi, zero qarorlarni faqat sudyalar qabul 
qilishining oqibati beboshlik bo‘lishi mumkin»
2

Huquqiy hayotdagi ixtiloflarning 
subyektiv sabablari siyosatchilar, qo-
nun yaratuvchilar va hokimiyat vakillarining, bir so‘z bilan aytganda, inson-
larning irodasi va ongi bilan bog‘liqdir. Bular, masalan, qonun sifatining pastligi, 
huquq sohasida tartibga solinmagan bo‘shliqlarning mavjudligi, norma yaratish 
faoliyatining muvofiqlashtirilmaganligi, huquqiy materialning tizimlashtiril-
maganligi, huquqiy madaniyatning sayozligi, yuridik nigilizm mavjudligi, ijti-
moiy tanglik holatlarining paydo bo‘lishi va hokazolar.
Huquqshunoslikka oid adabiyotlarda huquqning yangi tarmog‘i – 
kol-
lizion huquqni shakllantirish vaqti yetdi, degan mulohazalar mavjud. 
Ta’kidlanishicha, kollizion huquqning o‘z predmeti, prinsiplari va huquqiy tar-
tibga solish tizimi qaror topib bormoqda. Chamasi, bu huquq tarmog‘i yuridik 
ixtilof va nizolarning barcha turlarini hal etishni, ularning sabablarini, vujudga 
kelish va namoyon bo‘lish dinamikasini, rivojlanish bosqichlarini o‘z qamroviga 
olishi lozim.
Yuridik ixtiloflar aksariyat hollarda ijtimoiy hayotda va yuridik amaliyot-
da jiddiy salbiy oqibatlarga olib keladi. Yuridik qarama-qarshilik, nomutanosib-
lik va ixtiloflar huquqiy tizimning bir maromda, bahamjihat faoliyat yuritishiga 
halal beradi, qator hollarda esa fuqarolarning huquqlari buzilishiga, huquqiy 
tartibga solishning samaradorligi pasayishiga sabab bo‘ladi. Eng xavotirlisi 

Qаrаng: Тихомиров Ю.А. Юридическая коллизия: власть и правопорядок // «Государство и 
право», 1994. № 1. – 4-bet.

Qаrаng: Гегель Г. Философия права. – М., 1990. – 249-bet.
29–18-8



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   447   448   449   450   451   452   453   454   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling