Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet453/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   449   450   451   452   453   454   455   456   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

Yuridik 
ixtiloflarning 
turlari
2-§.


451
XXII bob.
 Yuridik ixtilof
(kolliziya)
tuzilmalari vakolatlari va maqomidagi ixtiloflar; 5) maqsadlar o‘rtasidagi ixtiloflar 
(turli darajadagi yoki turli idoralar qabul qilgan normativ hujjatlarda mustahkam-
langan maqsadlarning bir-biriga qarama-qarshiligi, ba’zan esa o‘zaro istisno 
etishi); 6) milliy va xalqaro huquq normalari o‘rtasidagi ixtilof.
Yuridik ixtiloflarning tasnifini ikki yo‘nalishda tahlil etish mumkin: 
bi-
rinchisi – huquqiy normalar, prinsiplar, ko‘rsatma (qoida) lar o‘rtasida vujudga 
keladigan ixtiloflar; 
ikkinchisi – huquqiy faoliyat doirasida (huquq ijodkorligi, 
huquqni qo‘llash va shu kabi boshqa faoliyatda) vujudga keladigan ixtiloflar. 
Birinchi jihatni shartli ravishda 
institutsiyaviy, ya’ni qonunchilik tizimi elementlari 
o‘rtasidagi ixtiloflar, deb atash mumkin. Ikkinchi jihatga huquqiy tartibga solish 
jarayonida, huquq subyektlarining o‘zaro munosabatlarida namoyon bo‘luvchi, 
ya’ni 
protsessual-protseduraga oid ixtiloflarni kiritish mumkin. Protses-
sual tartib-taomillar darajasidagi ixtiloflar huquq subyektlarining manfaat-
lari o‘rtasidagi masalan, sud jarayoni ishtirokchilari, yo‘l harakati tasodiflari 
ishtirokchilari o‘rtasidagi nizolar tarzida namoyon bo‘lishi mumkin.
Yuridik ixtiloflarning quyidagi turlarini ko‘rsatib o‘tish mumkin:
1. Qonunlar va qonun osti hujjatlar o‘rtasidagi ixtiloflar. Basharti, maz-
kur turdagi ixtiloflar yuzaga kelsa, masala qonun foydasiga hal etiladi. Chun-
ki, qonun yuqori yuridik kuchga ega va uning ustunligi ta’minlanishi lozim 
(O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 15 va 16-moddalari). Kodeks bi-
lan qonun o‘rtasida ziddiyat kelib chiqqan taqdirda, masala kodeks foydasiga 
hal etiladi. Bir mavzuga oid bir necha qonun (yoki boshqa normativ-huquqiy 
hujjat) mavjud bo‘lsa hamda ular bir-biriga zid bo‘lib qolsa, muddati bo‘yicha 
keyinroq qabul qilingan qonun (hujjat) qoidalari amal qiladi
1
.
2. Konstitutsiya bilan boshqa normativ-huquqiy hujjatlar o‘rtasidagi 
ixtiloflar. Bunday yuridik ixtiloflar Konstitutsiya foydasiga hal etiladi, chunki 
Konstitutsiya barcha qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga nis-
batan oliy yuridik kuchga ega. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 
16-moddasi ikkinchi qismida mustahkamlanganidek, «birorta ham qonun yoki 
boshqa normativ-huquqiy hujjat Konstitutsiya normalari va qoidalariga zid keli-
shi mumkin emas».
3. O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi qonunlari o‘rtasida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan ixtiloflar. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Konstitutsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyasiga zid bo‘lishi mumkin emas (74-modda). O‘zbekiston Respub-
likasi qonunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida ham majburiydir. 
Shunday qilib, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Konstitutsiyasi O‘zbekiston 
1
Qаrаng: Оdilqоriyev Х.Х. O‘zbеkistоn Rеspublikаsining qоnunchilik tizimi. – T., 2008. – 111-bet.



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   449   450   451   452   453   454   455   456   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling