Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
459
XXII bob. Yuridik ixtilof (kolliziya) ong buzilishiga olib keladi. Shu bois avvalo ularga yo‘l qo‘ymaslik, doimo ixtiloflarning oldini olish (profilaktika) choralarini ko‘rish lozim. Bordi-yu, ko‘rilgan chora-tadbirlarga qaramay, yuridik ixtiloflar yuz bersa, mavjud mexanizmlar va tartib-taomillar yordamida darhol ularni bartaraf qilish cho- ralarini ko‘rish zarur. Aks holda jamiyatda huquqiy loqaydlik, nigilizm, madaniyatsizlik holatlari avj oladi. Yuridik ixtiloflar nisbatan kengroq muammo hisoblanmish konfliktologi- yaning tarkibiy qismi hisoblanadi. Hozirgi kunda ijtimoiy fanlarda, xususan, siyosatshunoslikda jamiyatdagi ziddiyat va kelishmovchiliklarni yechishga xiz- mat qiluvchi «mojarolar nazariyasi» degan ilmiy yo‘nalish shakllanmoqda. Xud- di shunga o‘xshash huquqshunoslik sohasida yuridik konfliktologiya fani yoki ilmiy yo‘nalishini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. U, shubhasiz, jamiyatda huquqiy barqarorlikni, huquqiy tartibotni mustahkamlashga, huquqiy madaniyat va ma’rifiylikni yuksaltirishga salmoqli hissa qo‘shadi. 460 Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi Huquq ijtimoiy munosabatlarni tar- tibga solish vositasi sifatida kishilarning irodasiga, xulq-atvoriga ta’sir etadi va shu tariqa ularning xatti-harakatini huquqiy xulq- atvorga aylantiradi. Ta’kidlash joizki, shu choqqacha yuridik adabiyotda asosiy diqqat-e’tibor kishilar xulq-atvorining huquqqa zid jihatiga, ya’ni huquqbuzarlikka qaratilib, huquqiy harakatlar xususida kamroq fikr bildiriladi. Aslida, jamiyatdagi aksari- yat faoliyat va xatti-harakatlar huquqqa muvofiq, ya’ni huquqiydir. Huquqiy xatti-harakatlar – shaxs xatti-harakatining yuridik normalarga muvofiq bo‘lishidir. Bu qonunga mos, yuridik shaklda ifodalangan ijtimoiy xat- ti-harakat bo‘lib, u tufayli huquq amalga oshadi. Huquqiy xatti-harakat doirasi va chegarasi huquqiy normalarning dispozitsiyasi bilan belgilanadi. Aynan u huquqiy tartibotning mohiyati hisoblanadi. Huquqiy xatti-harakat yo‘li bilan jamiyat boshqariladi, uning me’yoriy ha- yot – faoliyati tartibga solinadi, fuqarolarning huquq va majburiyatlari amalga oshiriladi. Jamiyatda vujudga keladigan va amalda bo‘ladigan huquqiy munosa- batlarning asosiy qismi o‘z mazmuniga ko‘ra huquqiy xatti-harakatlardir. Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling