Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet458/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   454   455   456   457   458   459   460   461   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

456
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
manfaatlarini himoya qilish maqsadida fuqarolik ishlarini to‘g‘ri, o‘z vaqtida 
ko‘rib chiqish va hal etishdan iboratdir (FPKning 4-m, I-q.).
Shu o‘rinda alohida e’tiborga molik yana bir institutga to‘xtalish lozim. 
Ya’ni, ishlarni sudda ko‘rish jarayonida kelishuv bitimiga erishish. Horijiy mam-
lakatlar amaliyotida sulhparvar sudlar («miroviye sudi») va ikki tomonning 
kelishuvi bilan bitimga erishish instituti mavjud. O‘zbekiston Respublikasining 
amaldagi qonunchiligida ham kelishuv bitimi instituti mustahkamlangan. 
Masalan, O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi 100-mod-
dasining 4-bandiga binoan taraflar kelishuv bitimi tuzgan bo‘lsalar va u sud 
tomonidan tasdiqlangan bo‘lsa ish yuritishni tugatish mumkin. O‘zbekiston 
Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksida ham ish yuritishni tugatish 
asoslari to‘g‘risidagi moddada nazarda tutilgan bo‘lib, unga ko‘ra «kelishuv 
bitimi tuzilib, u xo‘jalik sudi tomonidan tasdiqlangan bo‘lsa», sud ishni ko‘rib 
chiqishni tugatadi (86-modda). O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protses-
sual kodeksining 583-moddasida yarashilganligi munosabati bilan ish yuritishni 
to‘xtatish tartibi belgilangan.
Ommaviy huquq sohasida kelib chiqadigan nizolarni sud tartibida hal 
etish mexanizmida Konstitutsiyaviy sud muhim o‘rin egallaydi. O‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasining 108, 109-moddalarida, «O‘zbekiston Respub-
likasi Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida»gi Qonunning 1 va 2-moddalarida konsti-
tutsiyaviy sud ko‘rib, hal etish huquqiga ega bo‘lgan ishlar ko‘lami belgilangan. 
Konstitutsiyaviy sud: O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining va O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlarining, O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti farmonlarining, hukumat va mahalliy davlat hokimiyati organlari 
qarorlarining, O‘zbekiston Respublikasi davlatlararo shartnomaviy va boshqa 
majburiyatlarining O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga mosligini 
aniqlaydi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Konstitutsiyasi O‘zbekiston Respub-
likasining Konstitutsiyasiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonunlari 
O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa be-
radi;
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari bilan o‘zining 
vakolatlari doirasiga kiritilgan boshqa ishlarni ko‘rib chiqadi. Konstitutsiyaviy 
sud faqat O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga amal qilgan holda 
ishlarni hal etadi va xulosalar beradi.
Yuridik nizolarni hal etishda iqtisodiy sudlarning ham ahamiyati katta. 
O‘zbekiston Respublikasining Xo‘jalik protsessual kodeksiga (1997-yil 
30-avgust) muvofiq iqtisodiy sudda sud ishlarini yuritish vazifalari quyidagi-
lardan iborat:



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   454   455   456   457   458   459   460   461   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling