Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


kelishuv tartib-taomillari


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet456/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   452   453   454   455   456   457   458   459   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

kelishuv tartib-taomillari va sud tartib-
taomillari (protseduralari). Birinchi guruh tartiblar kelishmovchiliklarni av-
tonom, mustaqil tarzda bartaraf etish, ikkinchi guruh tartiblar esa, tomonlar 
o‘rtasidagi nizoni vakolatli organ ishtirokida ko‘rib chiqish va hal etish uchun 
qo‘llaniladi. Dastlab kelishuv protseduralarini ko‘rib chiqamiz. Turmushda vu-
judga keluvchi ziddiyatlarni, mojarolarni bartaraf etishdagi birinchi qadam – 
tomonlar (sheriklar) o‘rtasida bitimga, kelishuvga erishish. Buning uchun 
turli kelishuv protseduralaridan foydalaniladi.
Yuridik ixtiloflarni 
hal etish tartibi va 
usullari
3-§.


454
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
Kelishuv protsedurasi deganda, davlat hokimiyati organlari, boshqa 
subyektlar o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni ko‘rib chiqishning ixtiyoriy e’tirof 
etilgan huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan tartibi tushuniladi. Kelishuv 
protseduralarining quyidagi turlari mavjud.
Birinchidan, yuridik ixtiloflarni ko‘rib chiqish va bartaraf etish uchun 
davlat organlari tenglik (paritet) asosida kelishtiruv komissiyalarini tuzadilar. 
Kelishuv komissiyalarining ishlash tartibi va ular tomonidan kelishuv qarorla-
rini qabul qilish shartlari tomonlarning (tegishli davlat organlarining) imzosi 
bilan mustahkamlangan bayonnomada yoki ikki tomonlama shartnoma(bitim)
da belgilanadi.
Ikkinchidan, parlament palatalari o‘rtasida ixtilof yoki kelishmovchiliklar 
yuzaga kelganida kelishuv komissiyasini tuzish qonunchilikda nazarda tutil-
gan institutdir. «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi 
to‘g‘risida»gi va «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati to‘g‘risida»gi 
konstitutsiyaviy qonunlarda, shuningdek palatalarning Reglamentlari 
to‘g‘risidagi qonunlarda kelishuv komissiyasiga bag‘ishlangan qoidalar mavjud. 
Masalan, quyi palata to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy qonunda quyidagi qoida 
mustahkamlangan:
«Senat tomonidan rad etilgan qonun yuzasidan qonunchilik palatasi va 
Senat yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun qonunchilik 
palatasi deputatlari va Senat a’zolari orasidan tenglik asosida kelishuv komis-
siyasini tuzishi mumkin. Kelishuv komissiyasining har bir palatada ko‘rsatilgan 
a’zolari o‘z tarkibidan ko‘pchilik ovoz bilan komissiyaning hamraisini saylaydi. 
Kelishuv komissiyasi qonunning yagona matnini ishlab chiqish maqsadida 
Senatning har bir e’tirozini alohida-alohida ko‘rib chiqadi. Kelishuv komissiyasi 
qonunning Senat e’tiroz bildirmagan ayrim moddalari tahririni o‘zgartirish 
to‘g‘risida, agar bunday o‘zgartirishni Senatning takliflari asosida ishlab chi-
qilgan qonun moddalarining tahriri taqozo etadigan bo‘lsa, qaror qabul qilishga 
haqli. Kelishuv komissiyasi ishining natijalari yuzasidan kelishmovchiliklarni 
bartaraf etish bo‘yicha takliflarni o‘z ichiga olgan xulosa qabul qilinadi. Keli-
shuv komissiyasini tuzish tartibi, komissiyaning tarkibi va ishi Reglamentda 
belgilanadi».
Uchinchidan, tashkilotlar o‘rtasida nizo kelib chiqqanda hakamlik su-
rishtiruvlari o‘tkazish ham mumkin. O‘zbekiston Respublikasining «Hakam-
lik sudlari to‘g‘risida»gi Qonuni 2006-yil 8-fevralda Oliy Majlisning Qonun-
chilik palatasi tomonidan qabul qilinib, shu yil 25-avgustda Senat tomonidan 
ma’qullangan. Mazkur qonunga binoan, hakamlik sudi fuqarolik huquqiy mu-
nosabatlaridan kelib chiquvchi nizolarni, shu jumladan, tadbirkorlik subyektlari 
o‘rtasida vujudga keluvchi xo‘jalik nizolarini hal etuvchi nodavlat organdir. 



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   452   453   454   455   456   457   458   459   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling