Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet457/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   453   454   455   456   457   458   459   460   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

455
XXII bob.
 Yuridik ixtilof
(kolliziya)
O‘zbekiston Respublikasida 
doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi va muvaqqat hakamlik 
sudlari tashkil etilishi mumkin. Doimiy hakamlik sudi yuridik shaxs tomoni-
dan tashkil etilib, uning huzurida faoliyat ko‘rsatadi. Muvaqqat hakamlik sudi 
hakamlik bitimi taraflari o‘rtasida kelib chiqqan muayyan nizoni hal etish 
uchun ular tomonidan tashkil etilib, nizo ko‘rib chiqilganidan keyin o‘z faoliyatini 
tugatadi.
Hakamlik sudlari ma’muriy, oila va mehnat huquqiy munosabatlaridan 
kelib chiquvchi nizolarni, shuningdek qonunda nazarda tutilgan boshqa nizo-
larni hal etmaydi. Hakamlik sudining tarkibini shakllantirish tartibi, hakamlik 
sudyasiga qo‘yiladigan talablar, doimiy va muvaqqat hakamlik sudlari faoli-
yatini tugatish asoslari, hakamlik tartibida nizolarni hal etish tartib-taomillari 
qonunda mufassal belgilangan
1

Yuridik ixtiloflar, nizo va kelishmovchiliklarni hal etishda 
sud protse-
duralari ham muhim o‘rin tutadi. Xususan, umumiy yurisdiksiya sudlari 
Fuqarolik protsessual kodeksi asosida fuqarolarning huquqlari va qonuniy man-
faatlarini himoyasiga oid ishlarni ko‘rib, hal etadilar. Fuqarolik protsessual 
kodeksida belgilangan tartib-taomillar nafaqat fuqarolik-huquqiy munosabatlar-
ga oid nizolarni, balki mehnat-huquqiy, oilaviy-huquqiy, ba’zi yer-huquqiy mu-
nosabatlarda, shuningdek xususiy huquq sohasiga oid boshqa munosabatlarda 
kelib chiqadigan nizolarni ko‘rib, hal etish uchun qo‘llaniladi.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 1-moddasiga 
ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq har bir shaxsga 
o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlarining, man-
sabdor shaxslarning, jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari 
ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi.
Har qanday manfaatdor shaxs buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqi 
yoxud qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatini himoya qilish uchun qonunda bel-
gilangan tartibda sudga murojaat qilishga haqli. Sudga murojaat qilish huquqi-
dan voz kechish haqiqiy emas. Fuqarolik sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi 
qonunchilik hujjatlari buyruq tartibidagi ishlarni, da’vo tartibidagi ishlarni, 
organlar va mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan beril-
gan shikoyatlar bo‘yicha ishlarni hamda alohida tartibda yuritiladigan ishlarni 
ko‘rib chiqish va hal etish tartibini belgilaydi. 
Fuqarolik sud ishlarini yuritish vazifalari fuqarolarning shaxsiy, siyosiy, 
iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarini, erkinliklari va manfaatlarini, shuningdek, 
korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari va fuqarolar o‘zini 
o‘zi boshqarish organlarining huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan 

«Hаkаmlik sudlаri to‘g‘risidа»gi O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Qоnuni / O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Оliy 
Mаjlisi pаlаtаlаrining Ахbоrоtnоmаsi. 2006-yil, 10-son, 541-modda.



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   453   454   455   456   457   458   459   460   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling