Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet455/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   451   452   453   454   455   456   457   458   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

453
XXII bob.
 Yuridik ixtilof
(kolliziya)
b) ijtimoiy guruhlar, siyosiy partiyalar va nodavlat jamoat birlashmalari 
manfaatlarining qarama-qarshiligi va ta’siri haqida;
d) davlat organlarining o‘zaro nomuvofiq faoliyati (harakatlari) to‘g‘risida;
e) davlat organlari o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilgan holda qaror qabul 
qilganligi, boshqa organning vakolati sohasiga aralashganligi haqida;
f) davlat organlari faoliyatini amalga oshirishga to‘sqinlik qiladigan 
holatlar haqida;
g) siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy keskinlik hamda nizolar haqida 
ma’lumotlarni aniqlab, kuzatib va tahlil etib borish talab etiladi. 
Davlat organlari ixtilof va nizolarning oldini olish maqsadida qonuniy-
likning buzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan vaziyatlar yuzasidan tegishli idoralarga 
(sud, prokuratura, ichki ishlar idoralari va boshqalarga) murojaat etish huquqiga 
egadirlar. Shu bilan birga o‘z imkoniyatlari doirasida ziddiyatli vaziyatni yum-
shatish hamda murosai madoraga kelishning boshqa choralarini izlashlari lozim.
Tegishli davlat organlari ixtilofli vaziyat avj olishiga chek qo‘yish maqsa-
dida bunday holatlarning sabablarini, ishtirokchilarini, ularning niyatlari va xat-
ti-harakatlarini sinchiklab o‘rganishlari darkor. Manfaatdor davlat idoralarining 
rahbarlari nizoli masalalar yuzasidan muzokaralar olib borishi yoki o‘zlarining 
vakolatli vakillarini ajratib muhokama qilishi va kelishuvga erishish choralarini 
ko‘rishlari lozim. O‘zaro kelishuv asosida qabul qilingan qaror ularning keyingi 
faoliyatida dasturilamal bo‘lishi lozim. Shunday yo‘l tutilganda huquqiy muno-
sabatlar sohasida ixtiloflarning oldi olinadi yoki ularning ancha kamayishiga 
erishiladi.
 
Ijtimoiy hayotda sodir bo‘ladigan har 
qanday nizo huquqiy o‘zanga solinishi lozim. 
Zero, mojaro yoki muammoli vaziyatga 
huquq vositasida yechim izlash doimo osh-
kora tartib-taomillardan foydalanish va eng oqilona qarorga kelish imkonini 
beradi. Bunday tartib-taomillarni ijtimoiy vazifasi va foydalanish o‘rniga ko‘ra ikki 
katta guruhga bo‘lish mumkin: – 

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   451   452   453   454   455   456   457   458   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling