Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet452/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   448   449   450   451   452   453   454   455   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

450
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
shundaki, huquq sohasidagi ixtiloflar jamiyatda qonuniylik va huquqiy tar-
tibot rejimiga putur yetkazadi, huquqiy ong va huquqiy madaniyat holatiga 
jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bunday ixtiloflar huquqni qo‘llash amaliyotida 
noqulayliklar keltirib chiqaradi, fuqarolar tomonidan qonunchilik normalaridan 
foydalanishni qiyinlashtiradi, aholi orasida huquqiy nigilizm kuchayishiga olib 
kelishi mumkin.
Yuridik ixtiloflarning salbiy oqibatlarini quyidagicha guruhlashtirish 
mumkin: 1) ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlar; 2) ijtimoiy-siyosiy oqibatlar; 3) ma’naviy-
ruhiy oqibatlar; 4) huquqiy oqibatlar.
Ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlar subyektlar o‘rtasida mulkiy nizolarning kelib 
chiqishiga, ularning moddiy zarar ko‘rishiga, moliyaviy va soliq munosabat-
larida nomutanosibliklar yuz berishi bilan ifodalanadi. Ijtimoiy-siyosiy oqibatlar 
davlat organlari va mansabdor shaxslarning o‘z vakolatlarini to‘la va lozim 
darajada ado etishlariga halal berishiga, mansab lavozimlarining suiiste’mol 
qilinishiga, fuqarolarning siyosiy huquqlari buzilishiga, siyosiy tizimda ziddi-
yatli holatlar vujudga kelishiga olib kelishi mumkin.
Ma’naviy-ruhiy oqibatlar jamiyatda qaror topgan madaniy, ma’naviy 
hamda axloqiy qadriyatlar amal qilishiga putur yetkazishi, shuningdek huquq 
subyektlariga ma’naviy zarar yetkazilishi bilan ifodalanishi mumkin. Huquqiy 
oqibatlar ham jiddiy zarar bilan ifodalanishi tabiiy. Bunda huquqiy ongda de-
formatsiya (buzilish) holatlari namoyon bo‘ladi, huquqiy nigilizm ildiz otadi
huquqiy madaniyat zavol topadi, qonun ustuvorligi yetarli ta’minlanmaydi, qo-
nunchilik hujjatlarining samaradorligi pasayadi va hokazo.
Demak, yuridik ixtiloflarning oqibatlari jamiyat taraqqiyotiga jiddiy sal-
biy zarar keltirishi mumkin. Shu bois, bunday ixtiloflarning oldini olishning 
samarali mexanizmlarini qaror toptirishga alohida e’tibor qaratish lozim.
 
Yuridik ixtiloflar nafaqat ko‘p sonli, balki 
o‘z mazmuni, xususiyatlari, keskinligi, sohaviy 
mansubligi, ijtimoiy-siyosiy yo‘nalishi, shakli va 
hal etilish usuliga ko‘ra nihoyatda turli-tumandir.
Ilmiy tahlil yo‘nalishini belgilash ma’nosida, avvalo, yuridik ixtiloflarni 
quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: 1) normativ-huquqiy hujjatlar yoki alo-
hida yuridik normalar o‘rtasidagi ixtiloflar; 2) huquq ijodkorligidagi ixtiloflar 
(tizimning yo‘qligi yoki sustligi, muvoziylik, o‘zaro bir-birini inkor qiluvchi huj-
jatlarning chiqarilishi); 3) huquqni qo‘llash jarayonidagi ixtiloflar (ayni bir toifa 
munosabatlarni tartibga solishga yo‘naltirilgan bir necha hujjatlar yoki norma-
larni qo‘llash); 4) davlat organlari, mansabdor shaxslar, boshqa hokimiyat 

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   448   449   450   451   452   453   454   455   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling