Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Raqobatlashuvchi normalar
- Obyektiv sabablar
448
Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi ko‘rsatadi. Ular huquqni qo‘llash amaliyotida noqulayliklar keltirib chiqaradi, oddiy fuqarolarning qonunchilikdan foydalanishini qiyinlashtiradi, huquqiy ni- gilizm ildiz otishiga yo‘l ochadi. Basharti, bitta holatni tartibga soluvchi ikki, uch yoki undan ko‘p o‘zaro qarama-qarshi hujjatlar bo‘lsa, ijro etuvchi subyektlar ularning hech biriga rioya etmaslik imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shu bois bunday ixtiloflarning oldini olish, yumshatish yoki bartaraf etish yuridik fan va amaliyot oldida turgan muhim vazifadir. Huquqiy normalarning ixtiloflashuvidan ularning raqobatlashuvini farqlash lozim. Raqobatlashuvchi normalar deganda, o‘zaro qarama-qarshi bo‘lmagan, faqat turlicha aniqlik darajasi va hajmi jihatdan farqlanuvchi ikki, uch va undan ortiq normalarning bir turdagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishi tushuniladi. Bular, odatda, turli yuridik kuchga ega bo‘lgan, har xil darajadagi huquq ijodkorligi organlari tomonidan qabul qilingan normalardir. Yuridik normalarning raqobatlashuvi aslida normal holatdir. Biroq, bundan farqli o‘laroq normalar ixtilofi salbiy holat bo‘lib, ko‘pincha noxush oqibatlarga olib keladi. Ixtiloflashuvchi normalar o‘zaro kelisha olmaydilar, bir-birini istisno etadilar. Yuridik ixtiloflarning sabablari ham obyektiv, ham subyektiv xususiyatga ega. Obyektiv sabablar qatoriga huquq bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlarning ichki ziddiyati, jo‘shqinligi va o‘zgaruvchanligi, ularning to‘lqinsimon notekis rivojlanishi kiradi. Bunda huquq ijtimoiy munosabat- larning, umuman hayotning rivojlanish darajasidan ortda qoladi (konservativ bo‘lib, ma’naviy eskiradi). Shu bois huquq doimiy ravishda «tuzatilib», takomil- lashtirilib, yangi hayotiy vaziyatlarga moslashtirilib boriladi. Buning natijasida ayrim normalar bekor qilinib, o‘rniga yangilari paydo bo‘lib turadi. Eskirgan normalar o‘z vaqtida bekor qilinmagan taqdirda, ular bilan yangi normalar o‘rtasida ixtiloflar kelib chiqishi mumkin. Shu o‘rinda ijtimoiy munosabatlarning mazmunan turli-tumanligiga, ularning har biri o‘ziga xos tarzda huquqiy tar- tibga solinishiga e’tibor qaratish lozim. Shu bilan birga ijtimoiy munosabatlar doimo qonunlardan ildamroq rivojlanib borishini e’tirof etish lozim. Qolaversa, ijtimoiy munosabatlar huquqiy va nohuquqiy tartibga solish sohalari o‘rtasidagi chegara ham o‘zgarib turadi. Va nihoyat, har qanday milliy huquqiy tizim xalqaro standartlarga, ma’naviy-gumanistik mezonlarga, demokratiya prinsiplari- ga muvofiq bo‘lishi kerak. Sanab o‘tilgan omillar qaysidir ma’noda yuridik ixtiloflar paydo bo‘lishini tabiiy va muqarrar qiladi. Yu.A. Tixomirovning fikricha, yuridik ixtiloflarni faqat salbiy holat sifatida qabul qilish ularni xolisona baholashga halaqit qiladi. «Kolliziyalar qator hollarda ijobiy rag‘bat berishi, taraqqiyotga bo‘lgan ehtiyojni, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling