Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet446/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   442   443   444   445   446   447   448   449   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

443
XXI bob.
 Qonuniylik va 
huquqiy tartibot. Intizom
– harbiy qismda ichki tartibga bo‘ysunish, barcha harbiy xizmatchilar 
tomonidan kun tartibiga qat’iy rioya qilish;
– jangovar tayyorgarlikni puxta tashkil etish va u barcha shaxsiy tarkib-
ni qamrab olishi.
Harbiy intizom qo‘mondonlarning o‘z qo‘l ostidagilarga kundalik talab-
chanligi, xizmatchilarning ijro intizomini nazorat qilish, harbiy xizmatchilarning 
sha’nini hurmat qilish va bu haqda doimo g‘amxo‘rlik, ishontirish, majburlash, 
jamoatchilik ta’sirini oqilona uyg‘unlashtirish va o‘rinli qo‘llash kabi omillarga 
tayangan holda amalga oshiriladi.
Mehnat intizomi deganda, mehnat jamoalarining, har bir xodimning 
mehnatga munosabati, xatti-harakatlarining belgilangan tartibi tushuniladi.
Mehnat intizomi korxona (muassasa, tashkilot) rahbariyati tomonidan 
o‘rnatiladi va unga barcha xodimlarning rioya etishi majburiydir. O‘rnatilgan 
intizomning buzilishi xodimlarni 
tanbeh, hayfsan hamda mehnat shartnoma-
sini bekor qilish kabi intizomiy javobgarlikka tortishga asos bo‘ladi.
Demak, intizom qonuniylik, huquqiy tartibot va jamoat tartibining uzviy, 
tarkibiy bo‘g‘ini hisoblanadi. Jamiyat a’zolarining alohida guruhlari faoliyat 
ko‘rsatayotgan tashkilot, korxona, harbiy qismlar va boshqalarda intizomning 
o‘rnatilishi, butun jamiyatda qonuniylik, huquqiy tartibot va jamoat tartibining 
o‘rnatilishiga ko‘maklashadi.
Shunday qilib, muayyan davlat va jamiyat taraqqiyoti inson va fuqa-
rolarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarining ta’minlanishi, qo-
nuniylik talablarining qat’iy ravishda bajarilishi, jamiyatda huquqiy tartibot va 
jamoat tartibining qaror topishi bilan chambarchas bog‘liqdir.


444
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
Mustahkam qonuniylik va barqaror hu-
quqiy tartibotni ta’minlash har qanday jami-
yat va davlatning diqqat-e’tibori markazida 
turgan masaladir. Yangi jamiyat barpo etish-
ga yo‘naltirilgan jo‘shqin islohotlar va moder-
nizatsiyalash sharoitida keng ko‘lamli huquq 
ijodkorligi, shu jumladan qonun chiqarish faoliyati amalga oshirilmoqda. Buning 
natijasida huquqning barcha tarmoqlari bo‘yicha nihoyatda katta hajmdagi norma-
tiv-huquqiy hujjatlar majmui vujudga keladi. Boshqacha aytganda, o‘ta murakkab, 
ko‘p tarmoqli qonunchilik tizimi qaror topadi. Shiddat bilan rivojlanib, tez o‘zgarib 
borayotgan ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish ehtiyojlariga javob 
tarzida yaratilayotgan normativ hujjatlar va ularda mustahkamlangan huquqiy 
qoidalar o‘rtasida ba’zan nomutanosibliklar, noaniqliklar, kelishmovchiliklar, hatto 
qarama-qarshiliklar (ixtilof, ziddiyat, kolliziyalar) uchrashi tabiiy.
Qolaversa, so‘nggi yillarda huquqni talqin etishda sotsiologik yo‘nalish us-
tuvor mavqega ega bo‘lib bormoqda. Sotsiologik yondashuv nafaqat huquqning 
kelib chiqish sabablarini, jamiyat hayotida adolat va tenglikni ta’minlashda 
o‘ynaydigan ijobiy rolini, balki uning kamchiliklarini, salbiy jihatlarini salmoqli 
empirik asosga tayangan holda xolisona ochish imkonini beradi. Ijtimoiy hodisalar-
ni sotsiologik tahlil etish vositasida ularning barcha jihatlarini kompleks tarzda 
aniqlash mumkin. Sotsiologiyaning maqsadi barcha ijtimoiy hodisalar kabi 
huquqning jamiyat hayotidagi ahamiyatini, unga batartiblik, barqarorlik, uyush-
qoqlik baxsh etuvchi qadriyat ekanligini ko‘rsatishdan iborat. Ogyust Kontning 
e’tiroficha, tartib va barqarorlik jamiyat borlig‘ining namoyon bo‘lishidir. Dyurk-
geym esa, sotsiologiyaning asosiy xizmatini jamiyatning qadriyatli normativ 
sistemalarini tahlil qilish va tadqiq etishning metodlarini ishlab chiqishda, deb 
bildi
1
. Sotsiologiya jamiyat va huquq amal qilishidagi ziddiyatlar, kamchiliklar 
va salbiy hodisalarni aniqlashga yordam beradi.
Yuridik ziddiyatlar, o‘z yechimini topmay qolayotgan muammolar hamda 
kamchiliklarning ko‘lami 
«yuridik kolliziya» va «yuridik konflikt» kategori-

Qаrаng: Fаlsаfа: qоmusiy lug‘аt. – T., 2004. – 374-bet.

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   442   443   444   445   446   447   448   449   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling