Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
Qonuniylikni
ta’minlashda Konstitutsiyaning ahamiyati 3-§. 439 XXI bob. Qonuniylik va huquqiy tartibot. Intizom g‘oya va talablarni aholi, ayniqsa, yoshlar ongiga singdirish faoliyati muntazam tus oldi. Ommaviy axborot vositalarida Konstitutsiyaning mazmuni, mohiyati, jamiyat hayotida tutgan o‘rni, inson va fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlashdagi ahamiyatini yoritish keng o‘rin egalladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 3-bobida Konstitutsiya va qonunlarning ustunligi prinsipi mustahkamlangan. Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida Konstitutsiya va qonunlarning ustunligi so‘zsiz tan olinadi. Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko‘radilar. Konstitutsiyaning birorta qoidasi O‘zbekiston Respublikasi huquq va manfaatlariga zarar yetkazadigan tarzda talqin etilishi, birorta ham qonun yoki boshqa normativ-huquqiy hujjat Konstitutsiya normalariga va qoidalariga zid kelishi mumkin emas (15–16-mod- dalar). Qonuniylikning belgilaridan biri bo‘lgan barcha huquq subyektlari uchun qonun talablarining istisnosiz majburiyligini jamiyatdagi demokratik teng huquqlilik prinsipidan ajratib bo‘lmaydi. Qonun hamma uchun joriy qili- nadi. Qonun oldida hamma teng. Qonunni bajarmaganlik yoki buzganlik uchun kim bo‘lishidan qat’i nazar, javobgarlikka tortiladi va buning uchun u asos hisoblanadi. Jamiyatda davlat organlari va jamoa tashkilotlari, shuning- dek, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun qonun (huquq) talablariga rioya etish majburiyati tengdir. Shunday qilib, Konstitutsiya jamiyat hayotida qonuniylikka rioya etilishining negizi hisoblanadi. Fuqarolarning umumiy madaniy saviyasi, dav- lat apparati xizmatchilarining huquqiy bilim darajasining yuksakligi qonuniy- likni ta’minlashning muhim omilidir. Huquqni amalga oshirish va huquqiy norma talablarini bajarish qonuniylikning asosiy talabidir. Bu talabning amalga oshiri- lishi, erkin ijtimoiy munosabatlarda shunday tartibni o‘rnatishga olib kelishi kerakki, bunda subyektiv huquq qarshiliksiz amalga oshirilishi, yuridik majburiyatlar esa, og‘ishmay bajarilishi lozim. Qo- nuniylik asosida o‘rnatilgan bunday tartibot huquqiy tartibot deyiladi. Demak, huquqiy tartibot qonuniylik talablarini amalga oshirish asosida vujudga kelgan ijtimoiy munosabatlarning muayyan holatidir. Qonuniylik bilan huquqiy tartibot bir-biridan farq qiladi: qonuniylikning mazmuni huquqiy normalarga qat’iy va og‘ishmay rioya etishda ifodalansa, huquqiy tartibot esa, ijtimoiy munosabatlar ishtirokchilarining xulq-atvori, ularning subyektiv huquq va majburiyatlariga Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling