Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet460/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   456   457   458   459   460   461   462   463   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

458
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
tiklash; d) yuridik rejimni, tuzilmani o‘zgartirish; e) yangi yuridik holatni va 
huquq subyektining maqomini o‘rnatish.
Yuridik ixtiloflarni hal etish usuli ham alohida ahamiyatga molik masala-
dir. 
Yuridik ixtiloflarni hal etish usuli deganda, nizo, ziddiyat va kelish-
movchiliklarni bartaraf etishning muayyan vositalari, uslublari, mexanizmlari, 
taomil(protsedura)lari tushuniladi. Ixtilofning xususiyatlaridan kelib chiqib, zid-
diyatni bartaraf etishning, boshi berk ko‘chadan chiqishning u yoki bu usuli, u 
yoki bu shakli, vositasi qo‘llanadi.
Yuridik ixtiloflarni hal etishning eng keng tarqalgan usullari quyidagilar-
dan iborat: 1) sharhlash; 2) yangi huquqiy hujjatni qabul qilish; 3) eski hujjatni 
bekor qilish; 4) amaldagi huquqiy hujjatga o‘zgartish yoki aniqliklar kiritish;
5) ishlarni sud tartibida, ma’muriy protsedura vositasida ko‘rish; 6) qonunchilik-
ni tizimlashtirish, yuridik normalarni o‘zaro muvofiqlashtirish; 7) muzokaralar 
olib borish, kelishuv komissiyalarini tuzish; 8) konstitutsiyaviy odil sudlov;
9) nazariya bilan amaliyotning oqilona aloqadorligini tashkil etish (ta’minlash); 
10) xalqaro protseduralar.
Huquqni qo‘llash amaliyotida tegishli organlar va mansabdor shaxslar ixti-
lof, ziddiyatlarni aniqlagan taqdirda, odatda, quyidagi qoidalarga rioya qiladilar:
a) basharti, bir organning turli vaqtlarda qabul qilgan bir necha hujjatlari 
o‘rtasida qarama-qarshilik mavjud bo‘lsa, keyingi qabul qilingan hujjatga amal 
qilinadi;
b) agar ixtilofli hujjatlar bir paytda bir necha organlar tomonidan chiqaril-
gan bo‘lsa, yuridik kuchi yuqori bo‘lgan hujjat qo‘llaniladi; bu yerda normativ 
hujjatlarning iyerarxiyasi prinsipi amal qiladi;
d) bir darajadagi (gorizontal) umumiy va maxsus hujjatlar o‘rtasida ix-
tilof chiqsa, maxsus hujjat qo‘llaniladi; turli darajadagi (vertikal) hujjatlar zid-
diyatli bo‘lib qolsa – umumiy hujjat qo‘llaniladi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning 93-moddasi 13-bandiga mu-
vofiq O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti respublika boshqaruv organlari- 
ning, shuningdek hokimlarning qabul qilgan (Konstitutsiya va qonunlarga xilof 
bo‘lgan) hujjatlarini to‘xtatadi va bekor qiladi.
Yuridik ixtiloflarni bartaraf etishda sharhlashning o‘rniga alohida to‘xtalish 
lozim. Sharhlash rasmiy va malakali amalga oshirilgan taqdirda yaxshi samara 
beradi. Ammo, ba’zan sharhlash oqibatida yangi ixtiloflar paydo bo‘lishi mum-
kin. Chunki, sharhlash tegishli subyektlar tomonidan amalga oshirilib, bunda 
turli rasmiy va norasmiy tuzilmalar aynan bir hujjatni, hodisani, faktni turlicha 
talqin etishlari mumkin.
Shunday qilib, yuridik ixtiloflar, ijtimoiy-siyosiy hayotdagi nomutanosib-
liklar jamiyatdagi barqarorlik va huquqiy tartibotga putur yetkazadi, huquqiy 



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   456   457   458   459   460   461   462   463   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling