Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet468/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   464   465   466   467   468   469   470   471   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

466
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
tartibotga qarshidek ko‘rinsa ham huquqbuzarlik hisoblanishi mumkin emas. 
Masalan, zaruriy mudofaa holatida odam o‘ldirish.
Ayb – shaxsning o‘zi sodir etgan huquqqa xilof harakatga va uning 
zararli oqibatlariga bo‘lgan ruhiy munosabati. Inson oldida qariyb har doim 
huquqqa mos yoki unga zid harakat qilishni tanlash imkoni bo‘ladi. Agar u 
ikkinchi yo‘lni tanlasa, huquqqa xilof qilmishni aybli tarzda sodir etgan, deb 
hisoblanadi.
5. Qilmishning jazoga sazovorligi ma’lum huquqbuzarlik uchun uni 
sodir etgan shaxsning vakolatli davlat organi tomonidan javobgarlikka torti-
lishini anglatadi. Ushbu javobgarlik chorasi va chegarasi huquqiy normaning 
sanksiyasida ifodalanadi. 
Huquqbuzarlik tarkibi: Huquqbuzarlik yuridik fakt bo‘lib hisoblanadi, 
u o‘z navbatida, qo‘riqlovchi xarakterga ega bo‘lgan huquqiy munosabatlarni 
ham yuzaga keltiradi. Huquqbuzarlikning tarkibi muayyan huquq normasini 
sharhlash, uning mazmunini ochish hamda dunyoqarash nuqtayi nazaridan 
muhim ahamiyatga ega. Huquqbuzarlik tarkibi to‘rtta elementni o‘z ichiga ola-
di: huquqbuzarlikning 
obyekti, subyekti, obyektiv tomoni va subyektiv tomoni.
Huquqbuzarlikning obyekti deganda huquq bilan tartibga solinadigan 
va qo‘riqlanadigan g‘ayrihuquqiy harakat yoki harakatsizlik natijasida zarar 
yetkaziladigan ijtimoiy munosabatlarga tushuniladi. Obyekt huquqiy normada 
aniq ifodalangan bo‘ladi. Huquqbuzarlik sodir etgan shaxs nafaqat jamiyatda 
qaror topgan huquqiy tartibotga, balki fuqarolarning huquqiy ongiga hamda 
ularning subyektiv huquqlariga zarar yetkazadi. 
Huquqbuzarlik obyekti va predmeti alohida tushunchalar bo‘lib, ular bir-
biridan farq qiladi. Masalan, o‘g‘rilik jinoyatining obyekti, o‘zgalar mulki, ya’ni 
mulkiy mazmundagi ijtimoiy munosabat hisoblanadi, uning predmeti esa, pul, 
buyum, videotexnika, mebel, transport vositalari va boshqa shu kabi turli xil 
moddiy ashyolar bo‘lishi mumkin.

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   464   465   466   467   468   469   470   471   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling