Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Huquqbuzarlik tushunchasi va mohiyati 2-§. 465
- 2. Huquqqa xiloflilik
- 3. Huquqbuzarlik faqat kishilar tomonidan sodir etiladi.
- 4. Ayblilik
1. Ijtimoiy xavflilik huquqbuzarning jamiyat qadriyatlariga tajovuz
qilishini, xususiy va ijtimoiy manfaatlarni poymol etishini anglatadi. Huquqbu- zarlikning zararliligi yoki xavfliligi shundaki, u jamiyat hayotining maromiga, huquqiy tartibotga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Huquqbuzarlik ijtimoiy xavfli xu- susiyatga ega, ya’ni muayyan zarar keltiradi yoki shaxs, mulk, davlat, jamiyat uchun xavf tug‘diradi. Huquqiy adabiyotlarda nojo‘ya xatti-harakat ijtimoiy Huquqbuzarlik tushunchasi va mohiyati 2-§. 465 XXIII bob. Huquqiy xulq-atvor, huquqbuzarlik va yuridik javobgarlik xavfli ekanligi yoki qonun buzilishining juda og‘ir turi ekanligi haqida muno- zaralar mavjud. Fikrimizcha, qonun buzilishining har qanday shakli ijtimoiy xavfli hodisadir. 2. Huquqqa xiloflilik – huquqbuzarlikning ikkinchi belgisi. Bu o‘rinda so‘z qilmish oqibatida qonun, muayyan huquqiy norma talabining buzilishi to‘g‘risida bormoqda. Boshqacha aytganda, huquqbuzar qonunda yoki huquq normasida belgilab qo‘yilgan taqiqni buzishi sodir bo‘ladi. Agar bunday taqiq bo‘lmasa va unga zid xatti-harakat amalga oshirilmasa, huquqbuzarlik ham bo‘lmaydi. Qonun kengaytirilgan holda yoki analogiya bo‘yicha sharhlanishi mumkin emas. Huquqqa xiloflik – ijtimoiy xavfli qilmishning yuridik ifodasi- dir. Huquq buzilishi huquqqa xilof xatti-harakatdir. 3. Huquqbuzarlik faqat kishilar tomonidan sodir etiladi. Huquqbu- zarlikning subyekti sifatida faqat jismoniy shaxslar, odamlar tan olinadi; jonivor, hayvon va parrandalar g‘ayrihuquqiy harakatlari uchun yuridik javobgarlikka tortilmaydi. Huquq tarixidan ma’lumki, hayvonlar ham ba’zi vaqtlarda qonun buzilishining subyekti bo‘lib hisoblangan. O‘rta asrlarda ba’zi mamlakatlar- da to‘ng‘izlar, sichqonlar, kalamushlar, itlar va hokazo jinoyat sodir qilgan- lar, shunga ko‘ra barcha yuridik qoidalarga muvofiq, ularni sud qilishgan: bu haqda tergov olib borilgan, ular sudga chaqiriq varaqasi orqali chaqirilgan, prokuror va himoyachi sudda nutq so‘zlagan, sud hukmi chiqarilgan va ijro qilingan. Faqat o‘z g‘ayrihuquqiy xatti-harakatlarining oqibatlarini anglashga qobiliyatli va unga javob bera oladigan (delikt layoqatli) shaxslarning huquqqa xilof qilmishlari huquqbuzarlik deb tan olinadi. Shu bois, aqli noraso, muomala layoqatiga ega bo‘lmagan shaxslar va yosh bolalar huquqbuzarlikning subyekti hisoblanmaydilar. Huquqbuzarlik shaxsning fikrlash tarzi emas, balki uning qilmishi, xulq-atvoridir. Bunday xulq-atvor esa, huquqqa xilof harakat yoki harakatsizlik shaklida namoyon bo‘ladi. Huquqbuzarning ijtimoiy xavfli niyati faqat uning xulq-atvorida, harakati(harakatsizligi)da o‘z ifodasini topadi. Gegel o‘zining «Huquq falsafasi» asarida kishilar e’tiqodlari, niyatlari uchun emas, balki faqat qilmishlari uchun javob berishlari lozimligi to‘g‘risidagi g‘oyani ilgari surgan 1 . 4. Ayblilik – huquqbuzarlikning uchinchi belgisi. Huquq normasini buzishda ayblanayotgan shaxs yuridik javobgarlikni zimmasiga olishga qodir bo‘lishi va o‘z harakatlarni qasddan yoki ehtiyotsizlik orqali sodir etgan bo‘lishi lozim. Huquqbuzarlik – aybli qilmishdir. Agar shaxsning harakatida ayb bo‘lmasa, uning harakati garchi shaxsning holati chetdan qaraganda huquqiy 1 Qаrаng: Гегель Г. Философия права. – М., 1990. – 141, 144, 145, 192-betlar. 30–18-8 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling