Vazirligi samarqand davlat universiteti ijtimoiy iqtisodiyot fakulteti ijtimoiy ish kafedrasi
Download 380.65 Kb. Pdf ko'rish
|
jamiyat taraqqiyotida iqtisodiy madaniyatning orni (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tekshirdi: dots Jo’raev L.N. Samarqand – 2011 yil.
- Mavzu: JAMIYAT TARAQQIYOTIDA IQTISODIY MADANIYATNING
- 1 1. Iqtisodiy madaniyatning jamiyat taraqqiyotidagi o’rni 1.2. Iqtisodiy madaniyatning gumanistik vazifasi.
- 2.2. Iqtisod madaniyatining boshqa madaniyatlar bilan bog’liqligi. XULOSA
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI IJTIMOIY – IQTISODIYOT FAKULTETI IJTIMOIY ISH KAFEDRASI KURS IShI MAVZU: JAMIYAT TARAQQIYOTIDA IQTISODIY MADANIYATNING O’RNI Bajardi: Davronova D Tekshirdi: dots Jo’raev L.N. Samarqand – 2011 yil. 2
O’RNI Reja: KIRISH: Hozirgi zamon jamiyati, uning ko’rinishlari va taraqqiyotidagi o’rni I Bob. Iqtisodiy madaniyat tushunchasi. 1 1. Iqtisodiy madaniyatning jamiyat taraqqiyotidagi o’rni 1.2. Iqtisodiy madaniyatning gumanistik vazifasi.
2.1. Iqtisodiy madaniyatning muomila funksiyasi 2.2. Iqtisod madaniyatining boshqa madaniyatlar bilan bog’liqligi. XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
3
Kirish
Jamiyatni yaxlit sistema sifatida o’rganishda tizimlilik metodi eng samarali hisoblanadi, strukturaviy-funksional tahlil esa uning asosiy tamoyillaridan biridir. "Strukturaviy-funksional tahlil sistemalilikning tamoyillaridan biri bo’lib, u ijtimoy hodisa va jarayonlarni tuzilish bo’yicha elementlarga bo’lish va har bir elementning o’z funksiyalarini bajarishi nuqtai nazaridan olib qaraydi" 1
R.Merton, T.Parsonslar tomonidan keng qo’llanilib, ijtimoiy sistemani o’rganishda samarali natijalar berdi. T.Parsons ijtimoiy sistemani, sosial amal, madaniyat, shaxs, xatti-harakat kabi sistemalarga bo’ladi. Ushbu sistemalarga to’rtta funksiya munosib keladi: sosial amalga - integrativ, madaniyat-jamiyatni takror ishlab chiqarish, hatti-harakatga muhitga moslashish kabi funksiyalar to’g’ri keladi 2 . Taniqli iqtisodchi, faylasuf olim T.Parsons tomonidan jamiyatning yaxlit sistema sifatida strukturaviy- funksional tahlil qilinishi ilmiy jamoalar tomonidan xayrihohlik bilan kutib olingan edi. Lekin keyingi tahlillar jarayonida shu narsa ayon bo’ldiki, T.Parsons taklif
etgan ijtimoiy sistemada sistemaning substansional, sistemani tashkillashtiruvchi elementlari ko’rsatilmagan, sistema qaysi asosda tuzilganligi berilmagan, eng muhimi, ijtimoiy sistemaning o’zagi hisoblangan iqtisodiy struktura va funksiya sistema markazidan o’rin olmagan. Bizni qiziqtirayotgan muammo madaniyat funusiyasi esa namunalar, simvollarni takror ishlab chiqarish bilan chegaralab qo’yilgan, xolos. Buning ustiga integrativ funksiya faqat sosial amal sistemasiga taqab qo’yilgan, vaholanki, integrativ funksiyani madaniyat, shu jumladan, iqtisodiy madaniyat bajarishi real faktdir (shuning uchun ham hozirda iqtisodiy integrasiya to’g’risida ko’p gapiriladi).
1 Философский энциклопедический словарь. -М.: Советский энциклопедия, 1983. -с.658. 2 Парсонс Т. Система современных обществ. –М.: Аспект-Пресс, 1998. –с.15-16. 4 A.G.Afanasyev ijtimoiy sistemaning substansial komponentlariga ma’naviy qadriyatlar va inson omilini kiritadi 3 . Afsuski, bu yerda ham sistemani tashkillashtiruvchi va funksional elementlar berilmagan, buning ustiga substansional elementlar narsalar yoki ma’naviyat emas, balki inson faoliyati ekanligi ta’kidlanmagan. Tadqiqotga yaqinroq nuqtai nazarni V.M.Krasnov bayon qiladi. Uning fikricha, ijtimoiy sistema tarkibiga quyidagi komponentlar kiradi: • ijtimoiy ehtiyojlar; • ijtimoiy subyektlar; • inson faoliyati; • ijtimoiy munosabatlar; • madaniyat; 4
(ijtimoiy ong va qadriyatlarni hisobga olmaganda) ushbu tahlilda hisobga olingan, ammo ularning sistemadagi mavqei aniqlanmagan. Bu borada R.Madirimov tomonidan taklif etilgan tartib masalaga oydinlik kiritadi. Uning fikricha, jamiyat ijtimoiy sistema sifatida quyidagi komponentlardan tashkil topadi: • inson faoliyati (jamiyatning substansional elementi); • ijtimoiy ong (ijtimoiy sistemaning funksional elementi); • ijtimoiy munosabatlar (ijtimoiy sistema strukturasini tashkillashtiruvchi elementi); • ijtimoiy subyekt (shu jumladan, uning ehtiyojlari) (ijtimoiy sistemani harakatga keltiruvchi element); • qadriyatlar (ijtimoiy sistemaning ontologik elementi); • madaniyat (ijtimoiy sistemaning integrativ sifati) 5 . 3 Афанасьев А.Г. Системность и общества. -М:. Политиздат, 1980. –с.283. 4 Краснов В.М. К понятию общества как социальной система // Философские науки, 1977, № 2. 5
bet. 5 Ushbu tadqiqotda dastlab inson faoliyati sistemaning funksional elementi sifatida qaralgan bo’lsa, keyingi tadqiqotlarda biz ko’rsatgan tartibda berilgan. Biz o’z tadqiqotimizda mazkur yondashuvga tayanib, iqtisodiy madaniyatning tuzilishi va funksiyalarini tahlil qilishga harakat qilamiz. Ammo mavjud manbalarni o’rganish shundan dalolat beradiki, iqtisodiy madaniyat, uning tuzilishi va funksiyalarini tadqiq qilishda praksiologik, aksiologik, sosiologik, gnoseologik va texnologik yondashishlar sinab ko’rildi. Praksiologik yondashuv insonning moddiy faoliyatiga urg’u bersa, gnoseologik qarashlar iqtisodiy ong, bilishni oldinga olib chiqadi, sosiologik usul iqtisodiy madaniyatni ijtimoiy munosabatlar nuqtai nazaridan o’rganadi. Aksiologik yondashuvda bu fenomen moddiy va ma’naviy qadriyatlar yig’indisi sifatida qaraladi, texnologik qarashlarda iqtisodiy madaniyat insonning borliqni o’zgartirib, o’zi uchun sharoit yaratish usullari va vositalari shaklida ta’riflanadi. Iqtisodiy madaniyatni o’rganishning ushbu usullarining qiymatini tushirmagan, ulardan ishimizning turli jabhalarida keng foydalangan holda qayd qilish joizki, tadqiqotchilar iqtisodiy madaniyatning yaxlit sistemasini, ya’ni nazariy sistemasini yarata olmadilar. Shuning uchun ham biz, iqtisodiy madaniyat sistemasini yaxlit o’rganishning adekvatroq, ya’ni strukturaviy-funksional tahlil usuliga murojaat qilishga majbur bo’ldik. Strukturaviy-funksional tahlil usulining afzalligi shundaki, u iqtisodiy madaniyatning tuzilishi, elementlari, ular o’rtasidagi aloqalar va ularning funksiyalarini bir butun, yaxlit sistema sifatida o’rganishga imkon beradi.
6
Download 380.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling