Vazirligi samarqand davlat universiteti ijtimoiy iqtisodiyot fakulteti ijtimoiy ish kafedrasi
I Bob. Iqtisodiy madaniyat tushunchasi
Download 380.65 Kb. Pdf ko'rish
|
jamiyat taraqqiyotida iqtisodiy madaniyatning orni (1)
I Bob. Iqtisodiy madaniyat tushunchasi.
Iqtisodiy madaniyatni o’rganishda strukturaviy-funksional tahlilni kvolitik- sifatiy yondashish (quality-inglizcha sifat degan ma’noni anglatadi) bilan uyg’unlikda olib borish maqsadga muvofiqdir. Chunki iqtisodiy madaniyat sistema shaklida, o’ziga xos integrativ sifatlarga ega, shuningdek, uning tarkibidagi elementlar ham muxtor sifatlar sohibi tarzida namoyon bo’ladi. Iqtisodiy madaniyat polikvolitik, ya’ni ko’psifatli sistema bo’lib, bu sifatlar bir tomondan jamiyat va ikkinchi tomondan, o’z elementlari bilan bo’lgan aloqalarda namoyon bo’ladi. Ammo iqtisodiy madaniyatning bir sifati borki, u uning mazmuni va maqsadini tashkil qiladi. Insonning mohiyatli kuchlari, ya’ni uning tabiiy va ma’naviy salohiyati, bilim va qobiliyatlari, imkoniyat va tajribalari, eqtiyoj va ideallarining borliqni o’zlashtirish va o’zgartirish jarayonida ro’yobga chiqishi, insonning barkamol rivojlanishi, iqtisodiy madaniyatning bosh integrativ sifati, uning mazmuni va asosiy maqsadidir. Iqtisodiy madaniyatga bunday yondashish uni boshqa ilmiy usullardan, xususan, iqtisodiy nazariya metodologiyasidan farqini belgilab beradi. «Hozirgi zamon iqtisodiy nazariyasining predmeti, deyiladi, iqtisodiy nazariyaga doir darsliklardan birida,-resurslarning chegaralanganligi va ehtiyojlarning cheksizligi sharoitida maksimal foyda olishga qaratilgan inson faoliyatidir». 6 Ko’rinadiki, iqtisodiy nazariya nuqtai nazaridan iqgisodiyotning asosiy maqsadi maksimal foyda olish hisoblanadi. Madaniyat nazariyasi nazdida har qanday iqtisodiy faoliyatning asosiy maqsadi insonning o’zini rivojlantirish, uning eqtiyoj va ideallarini amalga oshirish birinchi o’rinda turadi. Ayni zamonda madaniyat nazariyasi foydani inkor qilmaydi, balki foyda qanday usul va vositalar bilan olinadi, u insonning o’zini rivojlantirishda qanday ahamiyatta ega ekanligi masalasini diqqat markaziga
6 Экономическая теория. Учебное пособие для студентов вузов. -М.: Гуманит. изд. центр Владос. -1999, с.11-12. 7 qo’yadi. Fransuz sosiologlari R.Bleyk va J.Mutonlarning fikriga ko’ra, ishlab chiqarishni maqsadga ko’ra ikki elementga bo’lish mumkin: birinchisi, samaradorlik va foydani oshirishga; ikkinchisi, shaxsga, uning eqtiyojlarini qondirishga qaratilgan ishlab chiqarish. 7 Adabiyotlarda birinchi yo’nalish utilitarizm, ikkinchi yo’nalish gumanitarizm shaklida ishlatiladi va real hayotda ko’plab uchraydi. Hayot shuni isbotlaydiki, utilitarizm muayyan davrda samara va foydani oshirishga olib kelsa-da, strategik jihatdan imkoniyatlari cheklangan hodisadir. Masalan, AQShdagi «Jeneral motors» kompaniyasi 1983 yilgacha «Kompaniyaning bosh maqsadi-pul ishlash» deb e’lon qildi (birinchi yo’nalish), natijada dastlabki davrlarda ishlab chiqarish samarasi oshib bordi. Foyda miqdori o’sdi, ammo keyinchalik ishchi va xodimlarning mehnat motivlari susaydi, foyda olish motivi o’z-o’zini ifodalash, o’z mehnati bilan aholi hayotini yaxshilash kabi motivlarni to’sib qo’ydi, oqibatda samaradorlik tobora pasaya boshladi. Natijada, 1983 yilda «Jeneral motors» o’z shiorini o’zgartirishga majbur bo’ldi va “shunday mahsulot ishlab chiqarishi kerakki, undan mijozlar oliy darajada bahra olsin” degan shiorni e’lon qildi va pirovard natijada o’z mavqeini qayta tiklab oldi (ikkinchi yo’nalish). Madaniyat nazariyasi nuqtai nazari bo’yicha iqtisodiy madaniyatning optimal varianti har ikkala yo’nalishni uyg’unlashtirishdan iborat, ya’ni iqtisodiy faoliyat samarali bo’lishi bilan birga, u insonning o’zini ham uyg’un rivojlantirishi lozim. Agar texnika va texnologiya yuqori sifatli bo’lsayu, ular insonning mohiyatli kuchlarini ro’yobga chiqarmasa (masalan, mehnat motivlari sust bo’lsa), unda iqtisodiy madaniyatning texnokratik tomoni haqidagina mulohaza yuritish mumkin. Agar ishlab chiqarishning texnik va texnologiya darajasi past, mehnat sharoiti noqulay bo’lsa, hatto yuqori ish haqi sharoitida ham iqtisodiy madaniyat darajasi past deb baholanadi, chunki ushbu sharoit insonning mohiyatli kuchlari ro’yobga chiqishiga imkon bermaydi. Shuning uchun ham madaniyat nazariyasi proksiologik yondashuvni aksiologik usul bilan yaxlitlikda olib borish tarafdoridir. Tirik organizmlarning saralash reaksiyasi (azobdan qochish, lazzatga intilish), ularning fundamental
7 Культурология. -М.: изд-во Центр. -1999, с.79. 8 xossasidir. Ammo insonning qadriyatlarni saralash va tanlash faoliyati ongli hamda maqsadga yo’naltirilganligi bilan farqlanadi. Ushbu faoliyat jarayonida kishilar murakkab qadriyatlar iyerarxiyasi, zinapoyasini shakllantiradilar. Shubhasiz, bu iyerarxiyaning eng yuqori pog’onasida inson turadi va bu aksiologiyaning asosiy postulatidir. Bu borada aksiologik va kulturologik yondashuvlar uyg’unlikni tashkil etadi. Ammo aksiologik yondashuv faoliyat va ijtimoiy munosabatlarni o’z bilish maydoniga tortmaydi, shuning uchun ham aksiologiya madaniyatni moddiy va ma’naviy qadriyatlar yig’indisi sifatida ta’riflashdan nariga o’tmaydi. Madaniyat nazariyasi esa, madaniyatni, jumladan, iqtisodiy madaniyatni ham inson faoliyati, tafakkuri, munosabatlari, u yaratgan qadriyatlarining sifati tarzida yaxlit ifodalaydi. Aksiologiya kishilarning eqtiyojlari, manfaatlari, maqsadlari, motivlari, e’tiqod va ideallarning shakllanish va rivojlanish mexanizmlarini chuqur o’rganib, iqtisodiy madaniyatni tahlil qilish uchun zarur bo’lgan tadqiqot instrumentlarini yaratib beradi. Iqtisodiy madaniyat–borliqqa munosabatdir. Ammo uning boshqa munosabat turlaridan farqi shundaki, u doimo voqyelikka amaliy munosabat tarzida va borliqqa insonning amaliy manfaatlari prizmasi orqali munosabatda namoyon bo’ladi. Shuning uchun ham iqtisodiy madaniyatning tuzilishi va funksiyalarini o’rganishda aksiologik momentlarini hisobga olmaslik aslo mumkin emas. Fikrimizga ko’ra, strukturaviy-funksional tahlilni tarixiylik usuli bilan to’ldirish zarur, aks holda iqtisodiy madaniyatning evolyusiyasi nazardan tushib qoladi va uning yaxlitligi yoritilmaydi. Iqtisodiy madaniyat additiv sistema emas, ya’ni undagi elementlar va funksiyalar miqdori boshdan oyoq bir xilda saklanmaydi, balki miqdoriy va sifatiy o’zgarishlarni boshidan kechiradi, taraqqiyot jarayonida ba’zi elementlar sistemadan tushib qoladi, yangilari paydo bo’ladi. Masalan, ayirboshlash neolit davrida mehnat taqsimoti natijasida paydo bo’lsa-da, pul yo’q edi. U temir asrida–meloddan avvalgi VII asrda paydo bo’ldi. Quldorlik tuzumida bank sistemasi yo’q edi, u feodalizm davrida tashkil topdi. Marketing ilk kapitalizm davrida yo’q edi, u XX asrda shakllandi va hokazo. 9 Tarixiylik metodi iqtisodiy madaniyat taraqqiyotini vertikal kesimda o’rganishni taqozo etadi. Ibtidoiy iqtisodiy madaniyat ishlab chiqarish vositalarining elementar darajasi o’zlashtiruvchi xo’jalikning hukmronligi, barcha resurslarning mehnatga jalb etilganligi, ijtimoiy mulkchilik va teng taqsimotchilikning hukmronligi shaxs iqtisodiy madaniyatining shakllanmaganligi (individning urug’, qabilaga to’liq bo’ysundirilganligi), iqtisodiy madaniyatning sinkretligi, ya’ni uning komponentlarining alohida ajralib chiqmaganligi natural ayriboshlapning mavjudligi, iqtisodiy madaniyat norma va an’analarning lokal urug’ qabila doirasida amal qilishi bilan xarakterlanadi. Bu davrga xos strukturaviy yutuq neolit davriga kelib, ishlab chiqaruvchi xo’jalikning paydo bo’lishi va mehnat taqsimotining yuz berishi, uning natijasida ayirboshlashning ajralib chiqishi bilan belgilanadi. Ibtidoiy iqtisodiy madaniyatning yemirilishini boshlab bergan hodisa mehnat qurollarining takomillashuvi, ortiqcha mahsulotning, so’ngra xususiy mulkning paydo bo’lishidir. Antik iqtisodiy madaniyat strukturasida bir qator yangi unsurlar paydo bo’lib, buning natijasida xususiy mulkchilik shakllandi. Pul muomalasi, bozor (bozor iqtisodiyoti emas) vujudga keldi, iqtisodiy axborot va tajribani yetkazib beruvchi yozuv ixtiro qilindi, iqtisodiyotni nazorat qilishning markaziy instituti– davlat o’z faoliyatini boshladi. Ammo antik iqtisodiy madaniyag tarkibida destruktiv elementlar ham yetarlicha edi. Eksplutasiyaning noiqtisodiy usullari, qullarning o’z mehnatidan manfaatdor emasligi, ularning to’la shaxsiy qaramligi, o’z mehnat mahsulotlaridan begonalashtirilganligi, natural xo’jalikning saqlab qolinishi va boshqa omillar oqibatda mazkur iqtisodiy madaniyatning inqiroziga sabab bo’ldi. O’rta asrlar iqtisodiy madaniyati tuzilishida ham qator o’zgarishlar ro’y berdi: shaxsning to’liq qaramligi yarim qaramlik, noiqtisodiy ekspluatasiya, juz’iy iqtisodiy ekspluatasiya bilan almashtirildi, feodalizmning so’ngi bosqichlarida natural xo’jalik o’rnini tovar xo’jaligi egallay boshladi, banklar va birjalar shakllandi. Kapitalistik ishlab chiqarish usuli iqtisodiy madaniyat tuzilishini tubdan o’zgartirib yubordi: agrar ishlab chiqarishdan industrial ishlab chiqarishga, nobozor iqtisodiyotdan
10
bozor iqgisodiyotiga, noiqtisodiy ekspluatasiyadan iqtisodiy ekspluatasiyaga o’tish yuz berdi. Erkin tadbirkorlik va raqobat, jahon bozori va hakozolar paydo bo’lib, rivojlanib bordi. Ammo iqtisodiy madaniyat orqaga chekinishlarni ham boshdan kechirdi, xususan, sobiq sosialistik sistema davrida mulk davlat monopoliyasiga aylantirildi, ishlab chiqarish kishilarning eqtiyojlarini qondirishga emas, balki davlat-partiya oligarxiyasining derektiva va rejalarini bajarishga bo’ysundirildi, teng taqsimchilik o’rnatilib, mehnat motivlari so’ndirildi, xususiy tadbirkorlik bo’g’ib tashlandi, iqtisodiyot hukmron mafkuraga bo’ysundirildi, iqtisodiy qonunlarga rioya qilinmay, volyuntarizm, ma’muriy-buyruqbozlik rejimi o’rnatildi, shaxs esa totalitar mashinaning «vintigi»ga aylantirildi. Shunday bo’lsa-da, iqtisodiy madaniyatning bunday tuzilishi uzoq yashashga qodir emas edi va yetmish yildan ortiq muddatdan so’ng u yemirildi. Qizil imperiya yemirilgach, uning tarkibidagi respublikalar oldida yangi ijtimoiy tuzum, bozor iqgisodiyotiga asoslangan yangi iqtisodiy madaniyat yaratish muammosi paydo bo’ldi. Bu borada ular turli modellarni tanladilar. Jumladan, O’zbekiston demokratiyaga asoslangan ijtimoiy tuzum va bozor iqgisodiyotiga qurilgan iqtisodiy sistemani o’z oldiga maqsad qilib qo’ydi va shu yo’lda jadal sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda. Ayrim olimlar, iqtisodiy taraqqiyotning texnik-texnologik tomonini asosiy omil deb hisoblaydilar. Masalan, D.Bell, J.Gelbreyt iqtisodiy evolyusiyani industrial sistemaga, industrial va postinsdustrial bosqichlarga bo’ladilar. Ularning fikricha, industrial bosqichgacha bo’lgan iqtisodiyot an’anaviy, agrar xo’jalik va qo’l mehnatiga asoslangan bo’lib, iqtisodiy madaniyatning quyi bosqichini tashkil etadi, industrial iqtisodiyot yirik mashina ishlab chikarishiga asoslangan bo’lib, iqtisodiy madaniyatning o’tish bosqichini tasniflaydi, postindustrial sistemada ishlab chiqarish asosiy rol o’ynamaydi, balki xizmat ko’rsatish, boshqarish, qiymatiy oriyentasiya, iste’mol va boshqa komponentlar oldingi qatorga chiqadi. 8 Ko’rinadiki, ushbu konsepsiya texnika, texnik intelligensiya, ilmiy tadqiqot, qiymatiy oriyentasiya, boshqarish va iste’mol madaniyati funksiyalariga urg’u berib, iqtisodiy
8 Современная западная философия. -М.: Политиздат, -1991, -с.237. 11
madaniyatning asosiy elementlari ishlab chiqarish faoliyati, iqtisodiy munosabatlar, eng muhimi, ishlab chiqarish usulini sistema markaziga qo’ymaydi. Ba’zi tadqiqotchilar iqtisodiy madaniyat tuzilishini bozor va nobozor iqtisodiy sistemalar bilan bog’lab, bozor iqgisodiyotiga asoslangan iqtisodiy madaniyat va nobozor iqtisodiyotiga asoslangan iqtisodiy madaniyatga bo’ladilar. Nobozor iqtisodiyotiga asoslangan iqtisodiy madaniyat ibtidoiy jamoa tuzumi, kuldorlik va feodalizmga xos bo’lsa, bozor iqgisodiyotiga asoslangan iqtisodiy madaniyat kapitalizm va hozirgi davrdagi rivojlangan demokratik davlatlarga mansub ekanligi ta’kidlanadi. Iqtisodiy madaniyatni bunday turlarga bo’lish ijobiy ahamiyatta ega bo’lib, samarali tadqiqot usuli hisoblanadi va alohida ilmiy izlanishlar maydoni sifatida xizmat qiladi. Ammo ushbu yondashuv strukturaviy-funksional tahlil bilan to’ldirilishi lozim, chunki nobozor iqtisodiy madaniyati ham, bozor iqtisodiy madaniyati ham o’zining xususiy tuzilishi, elementlari va aloqalariga ega. Iqtisodiy madaniyatni mavjudlik usuliga qarab (ontologik qarash) moddiy iqtisodiy madaniyat va ma’naviy iqtisodiy madaniyatga bo’lish mumkin. Moddiy iqtisodiy madaniyatga ishlab chiqarish, ishlab chiqarish munosabatlari, mehnat qurollari, texnika, texnologiya, transport, energetika, moddiy qadriyatlar sifatini kiritamiz. Ma’naviy iqtisodiy madaniyat iqtisodiy ong, tafakkur, bilimlar, qarashlar, g’oyalar, nazariyalar, ehtiyojlar, manfaatlar, dunyoqarash, e’tiqod, ideallar, his- tuyg’ular, baholar, motivlar, normalarni qamrab oladi. Moddiy va ma’naviy iqtisodiy madaniyatni ajratib ko’rsatish muhim metodologik ahamiyatga ega. Hozirgacha ko’pchilik tadqiqotchilar iqtisodiy madaniyatni moddiy madaniyat bilan bir hodisa deb hisoblab, metodologik xatoga yo’l qo’yadilar, natijada moddiy iqtisodiy madaniyat va ma’naviy iqtisodiy madaniyat o’rtasidagi muhim aloqalar ochilmay qoldi, iqtisodiy madaniyatning tuzilishi haqidagi tasavvurlar kambag’allashdi. Moddiy va ma’naviy iqtisodiy madaniyat o’rtasida chuqur hamda murakkab aloqalar mavjud: ma’naviy iqtisodiy madaniyat moddiy iqtisodiy madaniyat asosida paydo bo’ladi, rivojlanadi, ayni zamonda nisbiy mustaqil sistema sifatida unga faol ta’sir qiladi, iqtisodiy faoliyat jarayonida iqtisodiy bilimlar predmetlashadi. Yaratilgan predmetlarning xossalari yana ongda aks 12
etib, ularning ideal obrazlariga aylanadi, iqtisodiy ong moddiy iqtisodiy faoliyat va ishlab chiqarish munosabatlarini tartibga soladi, nazorat qiladi, maqsadga yo’naltiradi, eqtiyojlar esa ularning ichki motivini tashkil qiladi va hokazo. Iqtisodiy madaniyat tuzilishini bunday tahlil qilish, uning murakkab strukturasini tushunish, ushbu elementlar o’rtasidagi chuqur munosabatlar mexanizmni anglab yetishga imkoniyat yaratadi va alohida ilmiy tadqiqot mavzui bo’lib xizmat qilishi mumkin. Iqtisodiy madaniyat tuzilishiga bag’ishlangan ayrim tadqiqotlarda tasvirlash, iqtisodiy madaniyatning element va sohalarini sanab ko’rsatish tendensiyasi kuzatiladi. Masalan, K.N.Panferovning «Ekonomicheskaya kultura» kitobida iqtisodiy madaniyat strukturasiga quyidagi elementlar kiritilgan: -qadriyat ahamiyatiga ega bo’lgan moddiy sharoitlar va ishlab chiqarish faoliyati omillari; - moddiy qadriyatlarni ishlab chiqarish jarayoni usuli va u bilan bog’liq operasiyalar: iste’mol, saqlash, taqsimot, hisob-kitob va hokazo; - xo’jalik faoliyatini amalga oshirish va tashkillashtirishning norma va tamoyillari; Download 380.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling