Vazirligi samarqand davlat universiteti ijtimoiy iqtisodiyot fakulteti ijtimoiy ish kafedrasi
Download 380.65 Kb. Pdf ko'rish
|
jamiyat taraqqiyotida iqtisodiy madaniyatning orni (1)
Жамият
Эмпирик структура – уруғ, қабила, элат, миллат Синфий структура Димографик структура Касб бўйича дифференциаллашув 24
qonunlar ayniqsa iqtisodiyot sohasida ravshanroq namoyon bo’ladi va iqtisodiyotdan uzoqlashgan sari ularning namoyon bo’lish tobora mavhumlashib boradi (ayniqsa, axloq, din, san’at sohalarida). Ijtimoiy taraqqiyot qonunlari yakka – yakka holda amal qilmaydilar, demak ularni bilishda sistemali tarzda, ulardan foydalanish kompleks ravishda amalga oshirishi zarur. Amalda qonunlarni fragmental ishlatish g’omara bermasligini anglash muhim gnoseologik va praksiologik xulosadir. Yuqorida qayd qilinganidek jamiyat qonunlari kishilarning yirik ommasi doirasida amal qiladi. Bu borada qanday qilib konkret ehtiyojlarga ega bo’lgan konkret iplaeslar olamaga birlanadi degan muammo turadi. Bu hodisaning ildizi kishilar manfaatlaridadir. Ular yeb – ichimlari, kiyinishlari, uy – joyiga ega bulishlari, ko’payishlari zarur, buni esa alohida – alohida shaxslar bir o’zlari bajara olmaydilar, oqibatda urug’, qabila, ishllat, sinf turli tashkilotlarga birlashadilar. Ammo, buning uchun ular o’zlarining ehtiyojlarining erkinliklarining bir qismidan voz kechishlariga to’g’ri keladi. Birlashgandan keyin esa ushbu yaxlitlikni saqlab turish mexanizmlarini ishlab chiqadilar. Individlarning ommaga integrasiyasi o’z – o’zini tashkillashtirishning muhim jihatidir. Ijtimoiy taraqqiyot qonunlarini o’rganish ko’p yondoshuvli bo’lmazi lozim. Gnoseologik, ontologik, sosiologik, praksiologik yondoshuvlar mushtarakligiga erishilsa qonunlar o’zlarining turli qirralari va xossalari bilan namoyon bo’ladilar. Biryorlamalik esa nisbiy axborot beradi, qonunlarning to’liq manzarasi hosil bo’lmaydi. Jamiyat qonunlarini o’rganishda tarixiylik va mantiqiylik birligi metodologik tamoyilga amal qilish zarur. O’tmishda bu qonunlar qanday amal qilganligini tarixiy tajribadan bilib olish ularning hozirda qanday ishlashini tushunishga yordam beradi, chunki qonunlar takrorlanuvchi aloqalardir. Ijtimoiy qonunlarning o’tmishdagi hatti – harakatini o’rganish o’tmishda yo’l qo’yilgan xatolarga yo’l quyilmaslik imkonini beradi. 25
Ijtimoiy taraqqiyot qonunlarining umumiy zvenosi manfaatlardir 1 . Demak, qonunlarni yaxiniroq bilish uchun manfaatlarni chuqur o’rganish zarur, ularning ichidan qonunlarni tashkillashtiruvchilarini topish zarur. Dinamik qonunlar jamiyatning barcha qism va sohalari, barcha davrlarda amal qilsalarda, turli muhitda o’ziga xos tarzda namoyon bo’ladi. Masalan, iqtisodiyotda qiymat qonuni, talab va taklif, muqobil xarajatlar (Vizer qonuni, transaksion qonuni (Kouz qonuni), kirish – chiqish qonuni (Leontyev qonuni) aniq – ravshan amal qiladi, takrorlanish ampletudasi unchalik o’rtacha muvozanatdan yug’ishmaydi. Lekin din yoki san’at sohasida qonunlarning namoyon bo’lishi aniq – ravshan ko’rinmaydi, ular mavhum va bilvosita amal qiladi. Masalan, ijtimoiy borliq va ijtimoiy ongning mutanosibligi qonunining amal qilishini tekshirib ko’raylik. Dinda, ko’pchilik olimlarning fikricha in’ikos obyekti yo’q. Unday bo’lsa gnoseologiyaning asosiy tamoyili bo’ziladiki. Demak, dinni ilg’ozor, xam hayol, degan ateistlarning fikri to’g’ri chiqadimi? Chuqur gnoseologik tahlil shuni ko’rsatdiki, diniy bilimning obyekti mavjud, u ham bo’lsa: a) ilmiy bilimning, umuman bilimning zaif tomonlari; b) ijtimoiy praktikaning bejiz jihatlari; v) ijtimoiy jarayonlardagi stixiyalilik (urushlar, zulm, qolmoqlik, adolatsizlik) umuman jamiyatning zamf tomonlari; d) insonning zamf tomonlari (makon va zamonda cheklanganligi, o’limdan qo’rqash, undan kompinsasiya kutish); ye) tabiat stixiyalari diniy ongda in’ikos etadi. Bu obyektni boshqa ong shakllari maqsadli aks ettirmaydi. Din Ushbu obyektni fantastik tarzda in’ikos qiladi, va bu fantastik obrazlarni qabul qilishni imperativ, majburiy darajaga ko’taradi. San’at ham borliqni fantastik aks ettiradi. Masalan, suv yurish real hayotda yo’q lekin qiz bor, boliq bor, ular hayoliy sintez qilanadi (manna sizga obyekt), yoki giperbola, ya’ni kattalolatirish yo’li bilan dev, yoki ajdaho obrazi olinadi, metafora orqali qosha kamon, sarv qomat obrazlari yaratiladi, jonlantirish orqali oy
1 1. Глезерман Г.Е. Законы общественного развития: их характер и использование. М.: Политиздат. 1981. – с. 77. 26
qilib boqada, lola uyalganidan qizarib ketadi va hokazo. Ammo, san’at o’z obrazlarini qabul qishini majburiy qilib qo’ymaydi.
Download 380.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling