Vazirligi samarqand davlat universiteti ijtimoiy iqtisodiyot fakulteti ijtimoiy ish kafedrasi
Download 380.65 Kb. Pdf ko'rish
|
jamiyat taraqqiyotida iqtisodiy madaniyatning orni (1)
- iqtisodiy ong, dunyoqarash xarakteri va yo’nalishlari;
- ishlab chiqarish munosabatlari sistemasi; - jamiyat subyektlarining mulkiy va boshqa iqtisodiy manfaatlarining mutanosibligi. 9
qayd qilingan bo’lsa-da, iqtisodiy madaniyatning strukturasini shakllantiruvchi, uni yaxlit sistemaga birlashtiruvchi integrativ asos berilmagan, strukturaviy tahlil qaysi metodologik tamoyil yoki yondashuvga asoslanganligi ko’rsatilmagan. Shuning uchun ham keltirilgan elementlar sonini ko’paytirish yoki kamaytirish mumkin bo’ladi. Agar sistemani shakllantiruvchi omil topilib, yagona metodologik tamoyil qo’llanilsa edi, elementlarni sanab ko’rsatishga hojat qolmagan bo’lardi. Shuningdek, L.N.Ponomorev, V.D.Popov, V.P.Chichkanovlarning
9 Панферов К.Н. Экономическая культура (социально-философский анализ). -М.: Юриспруденция. –2000, с.17. 13
"Ekonomicheskaya kultura (suщnost, napravleniya razvitiya)" risolasida ham iqtisodiy ong va iqtisodiy tafakkur, ishlab chiqarish sohasidagi faoliyat, iqtisodiy munosabatlar, iqtisodiy qadriyatlar, iqtisodiy tarbiya iqtisodiy madaniyatning asosiy unsurlari sifatida berilgan bo’lsa-da, yuqorida qayd qilingan metodologik kamchiliklarga yo’l qo’yilgan. Buning ustiga mazkur mualliflar iqtisodiy madaniyatning yadrosini iqtisodiy ong deb hisoblaydilar 10 va nima uchun aynan iqtisodiy ong iqtisodiy madaniyatning o’zagi ekanligini nazariy jihatdan to’liq isbotlamaydilar. Ayrim tadqiqotchilar, garchand, o’z strukturaviy tahlillariga gnoseologik va aksiologik yondashishni jalb qilsalarda, tasvirlash doirasidan chiqib keta olmadilar. Masalan, V.F.Vasilenko iqtisodiy ongga bag’ishlangan nomzodlik dissertasiyasida iqtisodiy ong strukturaviy-funksional tahlilini ilmiy tekshirish ob’ekti qilib oladi hamda iqtisodiy ongning empirik va nazariy, emosional va rasional, individual va ijtimoiy ong darajalarini ko’rsatib, iqtisodiy ongni strukturaviy o’rganishga muhim hissa qo’shadi. 11 Ammo ushbu muallif gnoseologik va aksiologik yondashish doirasidan chiqmaganligi, tasvirlash bilan chegaralanganligi uchun iqtisodiy ong strukturasini to’la yorita olmagan. Xususan, tadqiqotda iqtisodiy dunyoqarash, ideal, iqtisodiy mafkura singari iqtisodiy ongning muhim holatlari tahlil qilinmagan, iqtisodiy ongning integrativ funksiyasi tadqiqotchi nazaridan chetda qolgan. Ba’zi mutaxassislarning fikriga ko’ra, iqtisodiy madaniyatni strukturaviy tahlil qilish iqtisodiy faoliyat strukturasi tomonidan belgilanadi. Shunga binoan iqtisodiy madaniyat ishlab chiqarish madaniyati, ayirboshlash madaniyati, taqsimot va iste’mol madaniyatiga bo’linadi. Iqtisodiy madaniyatning strukturasini tashkillashtiruvchi omil esa insonning mehnat faoliyati hisoblanadi. 12
Muallifning keyingi fikrlarini kuzatganimizda, u yuqoridagi iqtisodiy madaniyat strukturasiga kiritilgan elementlarni birma-bir tahlil qilib chiqadi, ayniqsa, mehnat
10 Пономарев Л.Н., Попов В.Д., Чичканов В.П. Экономическая культура (сущность, направления развития).-М.: Мысль.1987,с.268-269. 11 Василенко В.Ф. Экономическое сознание: сущность и пути формирования у молодёжи. Автореф. дисс.канд.филос.наук.-М.: 1991, с. 21. 12 Петрова Т.М. Интегративные основы формирования экономической культуры у учителей экономике средствами информационных технологий. – Волгоград, 2001.-с 8. 14
madaniyatiga alohida e’tibor beradi. Ammo, ushbu tadqiqotchi iqtisodiy madaniyat strukturasidagi boshqa muhim elementlarni: xususan, iqtisodiy ong, iqtisodiy qadriyatlar va shaxsning professional–texnik madaniyatini o’rganishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ymagan. Buning ustiga mazkur muallif iqtisodiy madaniyatning substansional va strukturani tashkillashtiruvchi omillarning o’rnini almashtirgan. Bizning keyingi tadqiqotlarimiz xulosalaridan ayon bo’ladiki, iqtisodiy faoliyat iqtisodiy madaniyat strukturasini tashkillashtiruvchi omil emas, balki iqtisodiy madaniyatning substansional elementidir, uning strukturasini tashkillashtiruvchi integrativ omil esa iqtisodiy munosabatlardir. Biz ushbu xulosalarimizni tegishli joylarda ilmiy-nazariy tadqiqotlar vositasida isbotlab berishga harakat qilganmiz. B.N.Valiyevning «Iqtisodiy madaniyat va uni shakllantirish omillari» nomzodlik dissertasiyasi avtoreferatida iqtisodiy madaniyatning strukturasiga iqtisodiy ong va tafakkur, uning mahsuli bo’lgan bilimlar, iqtisodiy e’tiqod va maqsad, malaka va mahorat, ehtiyoj va manfaat, faollik va tajriba kabi elementlar kiritiladi. 13 Ayni zamonda tadqiqotda ushbu elementlar qaysi tamoyil asosida strukturlashtirilishi masalasi ochiq qoldirilgan. Xususan, iqtisodiy madaniyat strukturasini shakllantiruvchi element, funksional, ontologik unsurlar ajratib ko’rsatilmagan. Darhaqiqat, tadqiqotchi bu muammoni maxsus o’rganishni o’z oldiga asosiy maqsad qilib qo’ymaydi, balki e’tiborni O’zbekistonda iqtisodiy madaniyatni shakllantirish omillariga qaratadi. Fikrimizcha, biz tomondan tanlangan iqtisodiy madaniyatning strukturaviy- funksional tahlil metodi boshqa ilmiy yondashishlar va vositalar bilan kompleks holda qo’llanilsa, ushbu hodisani yaxlit sistema sifatida o’rganishga imkon beradi va yuqorida ko’rsatilgan yondashuvlarni to’ldiradi. Iqtisodiy madaniyat murakkab sistemalar qatoriga kiradi va o’z sifatlari, elementlari, aloqalari va funksiyalariga ega bo’lib, uning tarkibiga kirgan elementlar o’ziga xos funksiyani bajaradi. Ayni zamonda, iqtisodiy madaniyat o’zidan yirikroq bo’lgan ijtimoiy sistema, ya’ni jamiyat tarkibiga kirib, uning
13 Valiyev B.N. Iqtisodiy madaniyat va uni shakllantirish omillari. Falsafa fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertasiya. –Toshkent: 2004. 15
tomonidan beriladigan funksiyalarni ijro etadi. Iqtisodiy madaniyat va uning tarkibiga kirgan elementlarning boshqa: siyosiy, huquqiy, badiiy, diniy madaniyatlardan farqi shundaki, iqtisodiy madaniyat ijtimoiy sistemaning barcha jabhalariga kirib bora oladi, chunki sistemaning mavjudligi va rivojlanishini ta’minlab turadi. Masalan, iqtisodiy faoliyat, moddiy ishlab chiqarish, iqtisodiy munosabatlar, iqtisodiy ong, qolgan barcha madaniyat turlariga singib ketadi. Barcha kishilar uchun badiiy obrazli fikrlash yoki ilmiy ijod qilish shart emas, ammo ular iqtisodiy fikrlashga majbur bo’ladi, aks holda «cho’ntak ziyon ko’radi», ateist, hurfikrli shaxslar uchun diniy tafakkurning keragi yo’q, ammo ular Hech bo’lmaganda narx-navo bilan qiziqishga majbur bo’ladilar va hokazo.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling