Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet459/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   455   456   457   458   459   460   461   462   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

457
XXII bob.
 Yuridik ixtilof
(kolliziya)
1) iqtisodiyot sohasida korxona, muassasa, tashkilotlar va fuqarolarning 
buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlarini yoxud qonun bilan qo‘riqlanadigan 
manfaatlarini himoya qilish;
2) iqtisodiyot sohasida qonunchilikni mustahkamlash va huquqbuzar-
liklarning oldini olishga ko‘maklashish.
Iqtisodiy sud nizolarni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonun-
lari, boshqa qonunchilik hujjatlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining 
xalqaro shartnomalari asosida hal qiladi. Iqtisodiy sud ishni ko‘rish chog‘ida 
davlat organi yoki boshqa organning hujjati qonunga to‘g‘ri kelmasligini, shu 
jumladan, u vakolat doirasidan chetga chiqqan holda chiqarilganini aniqlasa, 
qonunga muvofiq qaror qabul qiladi.
Nizoli munosabatni tartibga soluvchi huquq normalari bo‘lmagan taqdirda
iqtisodiy sud shunga o‘xshash munosabatlarni tartibga soladigan huquq nor-
malarini tatbiq etadi, bordi-yu, bunday normalar ham bo‘lmasa, qonunlarning 
umumiy asoslari va mazmuniga tayanib, nizoni hal qiladi. Iqtisodiy sud qo-
nunga yoki O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasiga muvofiq chet 
davlatlarning huquq normalarini qo‘llaydi.
Yuridik ixtiloflar xalqaro munosabatlarda va xorijiy davlatlar o‘rtasidagi 
munosabatlarda ham yuzaga kelishi mumkin. Davlatlar o‘rtasidagi nizolar-
ni tinch yo‘l bilan hal etish vositalari orqali yechim topishi yagona huquqiy 
usul hisoblanadi. Bunday usullar ro‘yxati Birlashgan Millatlar Tashkiloti 
Nizomining 33-moddasida mustahkamlab qo‘yilgan. Shuningdek, xalqaro 
nizolarni hal etishning sudlov tizimida Birlashgan Millatlar Tashkilotining 
Xalqaro sudi, Yevropa sudi, Yevropa Kengashining inson huquqlari bo‘yicha 
sudi faoliyat yuritadi. Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti doirasida 
arbitraj jarayonlari qo‘llaniladi. Bulardan tashqari, xalqaro kuzatuvchilar, 
tinchlikparvar kuchlar ham huquqiy makondagi nizolarni hal etishga hissa 
qo‘shadi.
Xalqaro xususiy huquq normalari, shartnomalar va bitimlar doirasida 
kelib chiquvchi iqtisodiy nizolar maxsus organlar tomonidan ko‘rib, hal etiladi. 
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari o‘rtasida «Xo‘jalik faoliyatini 
amalga oshirish munosabati bilan kelib chiqadigan nizolarni hal etish tar-
tibi haqidagi Kelishuv» imzolangan, shuningdek Iqtisodiy sud faoliyat yuritadi. 
Huquqiy sohadagi muayyan nizolarni hal etish ishiga xalqaro savdo arbitrajlari 
ham muhim hissa qo‘shadi.
Yuqorida bayon etilganlarga xulosa qilib, aytish lozimki, yuridik ixti-
loflarni hal etish, odatda, quyidagi to‘rt turdagi qarorlarni qabul qilish bilan 
yakunlanadi: a) qonun buzilishini bartaraf etish va aybdorlarni tegishli javob-
garlikka tortish; b) avvalgi yuridik holatni va huquq subyektining maqomini 



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   455   456   457   458   459   460   461   462   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling