Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


konstitutsiyaviy qonunchilikni o‘rnatish


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet435/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   431   432   433   434   435   436   437   438   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

konstitutsiyaviy qonunchilikni o‘rnatish xarakteri 
va tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlarning muhimligi bilan belgilanadi. 
Konstitutsiyada mustahkamlangan prinsiplarning hammasi normativ tabiatga 
ega bo‘lib, ular mavjud huquqiy tizim uchun, davlat idoralarining huquq ijod-
korlik va huquqni qo‘llash faoliyati uchun, fuqarolar, mansabdor shaxslar va 
jamoat birlashmalari faoliyati uchun ustuvor, rahbariy ahamiyatga egadir. 
Konstitutsiyaviy tartibga solishning umumiy-majburiy tabiatiga kelganda 
shuni aytish kerakki, u eng oliy darajadagi majburiylikka ega va ijtimoiy-
huquqiy munosabatlarning barcha subyektlari uchun bajarilishi shart bo‘lgan 
qat’iy talabdir.
Mamlakatimizda Konstitutsiyaga amal qilish majburiyati 
konstitutsi-
yaviy qonunchilik darajasida mustahkamlangan. O‘zbekiston Respublikasida 


433
XXI bob.
 Qonuniylik va 
huquqiy tartibot. Intizom
Konstitutsiya va qonunlarning ustunligi so‘zsiz tan olinadi. Davlat, uning or-
ganlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va 
qonunlarga muvofiq ish ko‘radilar.
Konstitutsiyaviy qonunchilik normalarining amalga oshirilishi iqti-
sodiy, siyosiy, g‘oyaviy va yuridik 
kafolatlar tizimi bilan ta’minlanadi. Bo-
zor iqtisodiyotiga asoslangan ishlab chiqarish rivoj topgani hamda xususiy 
mulkchilik munosabatlari qaror topgani sayin konstitutsiyaviy normalar amal 
qilishining iqtisodiy zaminlari, kafolatlari mustahkamlana boradi. Shuningdek, 
mamlakatimizning siyosiy tizimi demokratik tarzda takomillashib borgani 
sayin konstitutsiyaviy tartibga solishning siyosiy kafolatlari kuchayib boradi. 
Jamiyatning g‘oyaviy asoslari va ma’rifiy-ma’naviy kamolati ta’minlanib, tobora 
yuksalib borgani sayin 

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   431   432   433   434   435   436   437   438   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling