Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
konstitutsiyaviy-huquqiy tartibga solish
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
konstitutsiyaviy-huquqiy tartibga solish huquqiy tartibga
solishning boshqa turlaridan farq qiladi. Konstitutsiyaviy-huquqiy tartibga solish murakkab ichki tuzilish- (struktura)ga va ijtimoiy hayotning alohida sohalariga ta’sir etishning o‘ziga 1 Kаrimоv I.А. Jаmiyatimizni erkinlаshtirish, islоhоtlаrni chuqurlаshtirish, mа’nаviyatimizni yuksаl- tirish vа хаlqimizning hаyot dаrаjаsini оshirish – bаrchа ishlаrimizning mеzоni vа mаqsаdidir. T.15. – T.: «O‘zbеkistоn», 2007. – 96-bet. 421 XX bob. Huquqiy tartibga solish mеxanizmi xos xususiyatlariga ega. U huquqiy tartibga solish yagona tizimining maxsus qismi sifatida bir qator xususiyatlar bilan tavsiflanadi, ya’ni: – mamlakat miqyosida yagona konstitutsiyaviy tartibga solishning muayyan tizimini tashkil etadi; – u umumiy-majburiy, normativ xarakterga ega; – huquqiy tartibga solishning umumiy siyosiy yo‘nalishini, ustuvor prin- siplarini belgilaydi; – ijtimoiy munosabatlarni konstitutsiyaviy tartibga solish davlat tomoni- dan eng yuksak darajada kafolatlanadi va ta’minlanadi. Konstitutsiyaviy-huquqiy tartibga solishning mushtarak tizimlilik xususi- yati konstitutsiyaviy qonunchilik normalarining ichki mutanosibligi, baham- jihatligi, o‘zaro mantiqiy muvofiqligi va batartibligida ko‘rinadi. Mamlakat konstitutsiyaviy qonunchiligi tizimiga – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsi- yasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi va barcha konstitutsiyaviy qonunlar (masalan, «O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi konstitutsiyaviy qonun, «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida»gi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida»gi konstitutsiyaviy qonunlar) kiradi. Konstitutsiyaviy-huquqiy tartibga solishning normativlik darajasi hamda siyosiy-yuridik ahamiyati konstitutsiyaviy qonunchilikni o‘rnatish xarakteri va tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlarning muhimligi bilan belgilanadi. Konstitutsiyada mustahkamlangan prinsiplarning hammasi normativ tabiatga ega bo‘lib, ular mavjud huquqiy tizim uchun, davlat idoralarining huquq ijod- korlik va huquqni qo‘llash faoliyati uchun, fuqarolar, mansabdor shaxslar va jamoat birlashmalari faoliyati uchun ustuvor, rahbariy ahamiyatga egadir. Konstitutsiyaviy tartibga solishning umumiy-majburiy tabiatiga kelganda shu- ni aytish kerakki, u eng oliy darajadagi majburiylikka ega va ijtimoiy-huquqiy munosabatlarning barchasi subyektlari uchun bajarilishi shart bo‘lgan qat’iy talabdir. Mamlakatimizda Konstitutsiyaga amal qilish majburiyati konstitutsiyaviy qonunchilik darajasida mustahkamlangan. O‘zbekiston Respublikasi Konsti- tutsiya va qonunlarning ustunligi so‘zsiz tan olinadi. Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonun- larga muvofiq ish ko‘radilar (Konstitutsiyaning 15-moddasi). Konstitutsiyaviy qonunchilik normalarining amalga oshirilishi iqtisodiy, siyosiy, g‘oyaviy va yuridik kafolatlar tizimi bilan ta’minlanadi. Bozor iqti- sodiyotiga asoslangan ishlab chiqarish rivoj topgani hamda xususiy mulkchilik munosabatlari qaror topgani sayin konstitutsiyaviy normalar amal qilishi- ning iqtisodiy zaminlari, kafolatlari mustahkamlana boradi. Shuningdek, mam- |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling